Ramzan Qodirov Rohinga musulmonlari uchun Rossiyaga qarshi chiqmoqchi

Ramzan Qodirov Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Birma (Myanma)dagi musulmonlarning "qirilishiga" qarshi bayonot bilan chiqdi. Qodirov agarda Rossiya "shaytonlar"ni qo'llasa unga qarshi chiqishi bilan tahdid qildi. Shu bilan birga u hukumat arboblarining pozitsiyasiga tushunish bilan qarash kerakligini urg'uladi.

Qodirov murojaatini Instagramdagi sahifasi jonli ravishda olib borgan. Keyinchalik saqlanib qolmagan murojaat keyinchalik YouTube kanalida paydo bo'ldi.

Checheniston rahbari Rossiya matbuotini sukut saqlashlikda ayblagan.

"Agar Yevropada biror yerni portlatishsa, kimnidir o'ldirishsa bizning jonkuyar jurnalistlarimiz darrov chiqish qilishadi. 3 kunning ichida bir necha ming odam o'lib ketsa ham - hamma jim", - degan Qodirov.

U musulmonlarga zulm qiluvchilarni "shaytonlar" degan va ularni duoibad qilishga, jabrdiydalarni esa duo qilishga chaqirgan. Qodirov unga Birma(Myanma)ga qo'shin kiritish kerakligi haqida ko'p marotaba yozishayotganini aytgan.

Checheniston rahbari o'zi yakka holda bunday qaror qabul qila olmasligi uchun buning imkoni yo'qligini ta'kidlagan.

Biroq u Rossiya Birmada jinoyat sodir qilayotgan "shaytonlar"ni qo'llasa, Rossiya pozitsiyasiga qarshi chiqishini bildirdi.

"Agar Rossiya jinoyat sodir qilayotgan shaytonlarni qo'llasa, men Rossiya pozitsiyasiga qarshi chiqaman. Mening o'z qarashim va pozitsiyam bor. Bugun hech kim qotil, zo'ravonlarni qo'llab quvvatlamasligiga ishonaman. Biroq davlat siyosatining ma'lum holatlari borki, biz sodir bo'layotgan narsalarga va davlat arboblari hamda siyosatchilarning o'zini tutishiga tushunish bilan qarashimiz kerak", - degan Ramzan Qodirov.

28 avgust kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida Birmadagi hodisalar yuzasidan xabar paydo bo'lgandi.

Unda "Rakxayna rohingalarini qutqaruv armiyasi jangarilari tomonidan Myanma (Birma) politsiyasi va armiyasi bo'linmalariga bir qator hujumlar amalga oshirilgani" aytiladi.

Rossiya TIV ushbu hujdumlarni keskin qoralagan va uni Birma hukumati hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan musulmonlar yashovchi Rakxayn milliy viloyatidagi vaziyatni barqarorlashtishiga bo'layotgan harakatlarga putur yetkazishini ma'lum qilgan.

Shu yilning mart oyida BMT xavfsizlik kengashida Rohinga musulmonlarini ta'qibga olayotgan Birma hukumatiga qarshi rezolyutsiya qabul qilish jarayoniga Rossiya va Xitoy veto huquqini qo'llab qarshilik ko'rsatgan edi.

3 sentyabr kuni Rossiyadagi yuzlab musulmonlar Moskvada joylashggan Birma davlati elchixonasi oldida norozilik namoyishi o'tkazdi. Mahalliy jurnalistlar namoyishni Rossiyada hukumatdan ruxsat olinmasdan o'tkazilgan eng yirik miting deya baholashdi.

Musulmonlar Rossiya matbuotining Birmada bo'layotgan xunrezliklarni yoritmayotgani va unga dunyo hamjamiyati sukut saqlayotganidan norozi bo'lishgan.

Biroq ushbu namoyishni Rossiya markaziy televideniyelari ko'rmaslikka oldi va efirlarda ketmadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Алоқадор мавзулар

Бу мавзуда батафсилроқ