BBСUZBEK televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

BBСUZBEK televizion yangiliklar dasturi

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturini taqdim etib kelmoqda.

Televizion yangiliklar haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

Endi dasturlar BBCUZBEK vebsahifasiga ham yuklab boriladi.

25 may kungi televizion dasturdagi asosiy mavzular:

Afg'oniston shimolida noqarorliklar - Tolibon Faryob viloyatining Xo'ja Sabzpo'sh va Shirintagob mintaqalarini nishonga olayotgani;

Hamda Ramazon oyi munosabati bilan tafsir saboqlarini tashkil qilgan o'zbekzabon yoshlar markazidan lavha.

Dunyoda yuz berayotgan muhim hodisalar tafsilotlari va sport yangiliklarini tomosha qila olasiz.

BBC Uzbek Afg'oniston bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va BBC Uzbek, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalidan tomosha qilish mumkin bo'ladi.