Bi-bi-si O'zbek Xizmati 20 iyun kungi televizion yangiliklar dasturi

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 20 iyun kungi televizion yangiliklar dasturi

20 iyun dasturining asosiy mavzulari:

Xalqaro Qochqinlar Kunida endilikda tabiiy ofat xavfiga yuz tutayotgan Rohinga musulmonlari ahvoliga nazar.

Afg'onistonliklar suriyaliklardan keyin boshpana izlovchilar soni bo'yicha ikkinchi o'rindalar. Hozirda 6 millionga yaqin afg'onistonlik xorijda muhojir. Ayni vaqtda mamlakat Pokiston, Eron va Iroq kabi mamlakatlardan bo'lgan 200 ga yaqin kishiga boshpana ham bergan.

Mamlakatning ichida ham urush va beqarorliklar tufayli uylarini tashlab chiqishga majbur bo'lganlar soni ko'p. Ba'zilari Herotdan boshpana topganlar. Ulardan biri Foryoblik Muhibullo boshidan kechirganlarni gapirib beradi.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.