Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi

25 iyun dasturining asosiy mavzulari:

Afg'oniston shimolidagi Faryob viloyati aholisi xavfsizlik ta'minlanishini talab qilib ikki kundirki namoyish o'tkazmoqdalar. Viloyatdagi 14 tumandan 10 tasi hozirda Toliblar nazorati ostida ekanligidan ular qattiq xavotirdalar. Bu borada Maymana shahridan lavha.

Turkiyani uzoq yillardan beri boshqarib kelgan Rajab Toyib Erdo'g'on saylovlarda 53 foiz ovoz olib, yana 5 yilga qudratda qolish huquqini qo'lga kiritdi. Erdo'gon davrida mamlakat Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, u yana 10 yilga qadar qudratda qolishi mumkinligini angalatadi. Shiningdek, uning AK patriyasi parlamentdagi aksariyat o'rinlarni qo'lga kiritgan Muxolifat vakili Muharram Inje yangi hukumat Turkiyaga xavf keltirishini aytdi.

Janubiy Afrikadagi Cape Town shahrida ishlatilgan qog'oz va yog'ochdan ko'zoynak yasayotgan shirkat faoliyati haqida lavha.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 22 iyun kungi televizion yangiliklar dasturi

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 21 iyun kungi televizion yangiliklar dasturi