Bi-bi-si O'zbek Xizmati 26 iyun kungi televizion yangiliklar dasturi

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 26 iyun kungi televizion yangiliklar dasturi

26 iyun dasturining asosiy mavzulari:

Myanmarda Rohingya musulmonlariga qarshi zo'ravonliklarga bosh-qosh bo'lgan general o'z lavozimidan bo'shatilgan. Bi-bi-si jinsiy zo'rlangan Rohingya ayollar taqdiriga nazar tashlaydi.

Livanda turli dinlarga mansub sobiq isyonchi askarlar kelgusi mojarolarning oldini olish yo'lida harakat qilmoqdalar.

Muzlik davridan omon qolib, ammo hozirgi paytda butunlay yo'q bo'lish xavfi ostida bo'lgan Markaziy Osiyo sayg'oqlarini Qozog'istonda qutqarish amallari.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.