2 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi
2 iyul kungi dasturdagi mavzular: Jaloloboddagi hujumda halok bo'lgan sinkxlarni so'nggi yo'lga kuzatilgani va hodisaga munosabatlar;
Rohinga qochqinlarining bugungi ahvoli. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bangladeshdagi qochqinlar jamlog'iga borgan va Rohinga musulmonlariga yomg'ir mavsumi tahdid solayotgani, shu bois, ularni ko'chirish zarurligi haqida gapirgan.
Afg'onistondagi qurg'oqchilik qovun-tarvuz bozoriga qanday ta'sir qo'ygan? Dehqonlar hosil kam bo'lgani, ammo iqtisodiy nochorlik tufayli narxlar past qolayotganidan shikoyat qilishgan.
Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.
BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.
Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.