6 iyul kungi dastur
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

6 iyul kungi dastur

6 iyul kungi dastur asosiy mavzulari:

Faryobda, hibsdagi qo'mondon Nizomiddin Qaysoriyni qo'yib yuborish talabi bilan norozilik namoyishlari bugun ham davom etgan. Namoyishchilar Qaysoriy janoblarining uyiga hujum bo'lgani borasidagi xabarlardan g'azabga kelishgan. Ko'chalarga chiqqan minglab odamlar Turkiyada qolayotgan General Abdurashit Do'stumni ham vatanga qaytarishni talab qilishmoqda.

Faryob yangi hokimi Naqibulloh Foiq qo'mondon Nizomiddin Qaysoriyning uyiga hujum bo'lgani borasidagi xabarlarni rad etgan.

Afg'onistondagi qaqshatqich qurg'oqchilik tufayli o'z uylarini tashlab chiqishga majbur bo'lgan minglab insonlar davlat ularga hech bir ko'mak yetkazmayotganidan shikoyat qilishgan. O'tgan ikki oy ichida Faryob, Bodg'iz, G'o'r va Faroh viloyatlarini tark etgan oilalar Hirotga kelib o'rnashishgan.

Mahalliy rasmiylar hozirga qadar besh ming oila ro'yxatga olingani, ularga bashariy yordam yetkazilishini aytishgandi. Ammo hozirga qadar bu va'da bajarilmagan. BBC ushbu oilalarning ayrimlari bilan uchrashgan

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

5 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi