Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 9 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi

9 iyul dasturining asosiy mavzulari:

Tailanddagi g'orda 2 haftadan beri qamalib qolgan bolalardan yana 4 tasi olib chiqildi. Qolganlarini qutqarish ishlari davom etmoqda.

Londandagi Afg'oniston elchixonasi o'ngida adolat talabi bilan namoyish o'tkazildi. Namoyishchilar Afg'onistiondagi milliy ozchiliklarga teng huquqlar va xavfsizlik ta'minlanishini so'radilar.

Rossiya aholisi 144 million. Ulardan atigi 1 foizi qora tanlilardir. Yillar mobaynida inson haqlarini himoya qilish tashkilotlari irqchi hujumlar borasida xabar berib kelganlar. Lekin qora tanlilarning o'zlari hayotlarini qanday tasvirlaydilar?

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 6 iyul barnomasi