Bi-bi-si O'zbek Xizmati 10 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 10 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 10 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi asosiy mavzulari:

O'zbekiston Tolibonning Qatardagi idorasi bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralarni boshlagan. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Kobulga tashrifi chog'i oshkor bo'lgan. BBCga gapirarkan, vazir janoblari, uning mamlakati Afg'oniston sulh jarayoniga yordam berish istagida ekanini bildirgan va xavfsizlik masalasiga etibor qaratgan;

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan qator muzokaralar o'tkazgan Afg'onistonning Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Shokir Korgar, ikki o'rtadagi aloqalarni yuqori baholagan. BBC bilan suhbatida janob Korgar O'zbekiston tarafi Tolibonni hukumat bilan muzokara miziga tortish uchun Afg'oniston va Pokistondagi rasmiy hamda norasmiy yo'llardan foydalanayotganini aytgan.

Saudi Arabistonda ham Afg'onistonda tinchlik va barqarorlik o'rnatish yo'llarini topishga qaratilgan xalqaro anjuman boshlangan. Bunday harakatlar nihoyada natija beradimi?

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 9 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi