BBС O‘zbek xizmatining 11 iyul kungi televizion yangiliklari dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmati televizion yangiliklar dasturi

Dasturdagi asosiy mavzular: Bryusselda NATOga a'zo davlatlar yig'ini o'tmoqda;

Saudiya Arabistonida Afg'onistonda tinchlik va barqarorlik o'rnatish yo'llari muhokama qilingan diniy olimlar ishtirokidagi anjuman nihoya topgan. Yig'in so'nggida urushni to'xtatish va muzokaralar boshlashga da'vat qilingan;

Afg'oniston shimolida norozilik chiqishlari davom etgan. Bugun namoyishchilar Maymana va Saripuldagi mustaqil saylov idoralari eshiklarini yopib qo'yishgan;

Texnologiya ayolni ko'cha jinoyatlaridan himoya qila oladimi? So'nggi izlanishlar haqida lavha

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

11 iyul dasturi YouTubeda

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 10 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi