Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi

17 iyul dasturining asosiy mavzulari:

Afg'oniston shimolida ko'p ming kishilik namoyishlar davom etmoqda. Ular ayrim davlat idoralari va yo'llarni yopib qo'yishgan. Namoyishchilar 15 kundan beri General Do'stumning Afg'onistonga qaytishi va uning hibsga olingan vakilining ozod etilshini talab qilmoqdalar. Markaziy hukumat esa namoyishchilardan davlat idoralariga tegmaslikni talab qilqan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashgani haqidagi davolarni rad etgani uchun tanqidlarga duch kelmoqda.

Janubiy Afrikada nima uchun odamlar yerlarni noqonuniy yo'lda bosib olmoqdalar? Mamlakatdagi mavjud yer adolatsizligi haqida lavha.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 16 iyul barnomasi