Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 2 avgust kungi televizion yangiliklar dasturi

2 avgust kungi dasturning asosiy mavzulari:

Afg'oniston shimolidagi Jauzjon viloyati Darzob tumanida taslim bo'lgan 200 dan ortiq ISHID jangarilari Shibirg'onga keltirilgan va ISHID qo'mondoni ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilgan.

Liviyaning bir yarim yil oldin ISHIDdan ozod qilingan Sirt shahri hanuz vayrona holatda qolmoqda. Aholi yordam so'ramoqda.

Hirotda qizlar uchun tashkil etilgan kompyuter markazidan lavha.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 1 avgust barnomasi

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 31 iyul barnomasi