Moskvaga qochgan qirg‘izistonlik o‘zbek: 'Bolalarimni davlat maktabiga olishmadi'

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Iyun oyi yuz bergan etnik zo‘ravonliklarda jabr chekkan O‘sh shahrida maktablar ochilgan. Ammo bir qator o‘zbek mahallarida yonib bitgan maktablar o‘rnida hozircha hech qanday qayta qurish ishlari boshlanmagan. Ko‘p o‘shliklar zo‘ravonliklar ortidan hududda davom etgan xavfli vaziyat va hibsga olishlar tufayli xorijga chiqib ketishgan. Ulardan biri Diloramxon. U hozir Moskvada. Moskvada ham maktablarda o‘quv yili boshlangan, ammo u farzandiga maktab topa olmagan.