'Amerika O‘shda yordamlarni muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etmoqda'

Osh

Xabarlarga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlar Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahrida yordamlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vaqtinchalik markaz tashkil etmoqda.

Bu haqda ma‘lum qilgan AQSh elchiligiga ko‘ra, markaz Qo‘shma Shtatlar tarafidan Qirg‘iziston janubida olib borilayotgan turli yordam loyihalarini kuzatib, tashkillashtirib turadi.

Amerika Qirg‘izistonning etnik zo‘ravonliklardan jabr ko‘rgan mintaqalarini qayta qurish va o‘zaro yarashuv loyihalari uchun 58 million dollar ajratgan.

AQSh elchiligining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar yordam yetkazish masalasida o‘ta qat‘iy yondashgan va tashkil etilayotgan yangi markaz boshqa donor davlatlar bilan hamkorlikda mamlakat janubidagi muxtoj insonlarga ko‘mak yetkazish ishlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

O‘shlik mahalliy jurnalistlardan biri esa, O‘shda turli nodavlat tashkilotlari faoliyat olib borishayotgani va odamlar ularning yordamlaridan bahramand bo‘layotganlari haqida aytdi. Unga ko‘ra, ob-havo harorati tushib ketar ekan, xalqaro yordam tashkilotlari tomonidan 2-3 xonali uylar qurib berish ishlari boshlangan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди