'Toshkent bir po‘pisa bilan Qirg‘iziston qirg‘inini to‘xtatishi mumkin edi'

Birlashgan Millatlar tashkilotining Mingyillik sammitida ma‘ruza qilgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Qirg‘iziston janubidagi qonli hodisalar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.

Prezident Karimov faqat mustaqil xalqaro tekshiruv qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasidagi yarashuvga yetaklovchi yo‘l ekanini, bunday tekshiruvsiz qonli hodisalar yana takrorlanishi mumkinligini aytgan.

Janob Karimovning ushbu talabi Andijon voqealaridan roppa-rosa besh yil o‘tib yangramoqda.

Besh yil muqaddam Prezident Karimov Andijondagi qonli hodisalar bo‘yicha mustaqil tekshiruvlar o‘tkazish borasidagi chaqiriqlarni rad etgandi.

Rasmiy Toshkent xalqaro terrorchilarga aloqador "Akromiya" oqimining konstitutsion tuzumni ag‘darish maqsadidagi harakatlarini bartaraf etganini aytadi.

Biroq bugun dunyoning qator mamlakatlariga yoyilib ketgan andijonliklar O‘zbekiston hukumat kuchlari Bobur maydonida yuzlab tinch namoyishchilarni otib o‘ldirgani haqida aytadilar.

Shunday ekan, janob Karimovning chiqishi naqadar jiddiy ahamiyatga ega?

Bi-bi-si suhbatdoshi o‘zbekistonlik siyosatshunos va sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Qirg‘iziston janubidagi qonli hodisalar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o‘tkazish chaqirig‘i naqadar jiddiy qabul qilinadi? Bi-bi-si siyosiy sharhlovchi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan ana shu mavzuda suhbatlashdi.i

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Qirg‘iziston janubidagi qonli hodisalar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o‘tkazish chaqirig‘i naqadar jiddiy qabul qilinadi? Bi-bi-si siyosiy sharhlovchi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan ana shu mavzuda suhbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди