Rossiyaning qirg‘iz janubiga o‘z chegarachilarini yuborish qaroriga sabab nima?

Image caption Sanobar Shermatova o‘z chegarasiga yaqin hududda rus qo‘shinlari joylashishidan Toshkent bezovta emas deb ishonadi

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati chegara qo‘shinlarining Qirg‘izistonning O‘sh shahriga joylashtirish borasidagi qarori rasmiy Moskvaning mavqei o‘zgarganiga ishora bermoqda.

Qirg‘iziston muvaqqat hukumati O‘shga harbiylar kiritilishini so‘rab Moskvaga hali iyunь oyida, qirg‘iz va o‘zbek millatiga mansub aholi o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar avj olgan vaqtda, murojaat etgandi.

Biroq, Rossiya Prezident Roza O‘tinboyevaning bu murojaatni qondirmagan va uni Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga oshirgandi.

Rossiya hozirda nima uchun o‘z qarorini o‘zgartirayotgan bo‘lishi mumkin? BBC ushbu savolni moskvalik sharhlovchi Sanobar Shermatovaga berdi.

Shermatova: Joriy yil iyun oyida Qirg‘izistonda etnik zo‘ravonliklar avjga chiqqanda Prezident Roza O‘tinboyeva, zo‘ravonliklar oldini olishga yordam berish uchun Rossiya rahbariyatiga murojaat qilgandi. Lekin, u paytda Moskvaning zo‘ravonliklarga aralashuvi mustaqil Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashishni anglatkan bo‘lardi. Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlarining ham mojaroga aralashib ketish ehtimoli ham kuchli edi. Hozirgi paytda esa vaziyat boshqacha. Bugungi kunda Rossiya Qirg‘iziston janubiga juda kichik qo‘shin, 40 nafar chegarachini yubormoqda. Menimcha, u yerga chegarachilarni yuborishdan maqsad Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni yaxshilashdir. Bishkek va Moskva, aftidan, Qirg‘izistonni birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston keladigan xatardan qo‘riqlash muhim degan xulosaga kelishgan.

BBC: Rossiya Federal Chegara Xizmatining Direktori Vladimir Pronichev transnmilliy jinoiy guruhlarni faoliyati kuchaygani rus chegara qo‘shinlarini joylashtirish qaroriga sabab bo‘layotganini aytayapti. Bu va‘j qanchalik asosli?

Shermatova: Bu, aslida, hammaga ayon. O‘tgan yili Qirg‘iziston chegarasida O‘zbekiston Islomiy Harakatiga tegishli ekani aytilgan qurollilar paydo bo‘lishgandi. O‘shanda Qirg‘izistonga chegaradosh Farg‘ona viloyatida militsiya posti portlatildi. Bundan tashqari, qator qo‘poruvchilik amaliyotlari sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston qonli voqealari arafasida esa respublika janubiga jangari guruhlar, hamda katta miqdorda giyohvand moddalar yuborilgani haqida xabarlar yangragandi. Qirg‘iziston janubida rus chegarachilari, mening bilishimcha, Kirg‘iziston harbiylari bajarayotgan amaliyotlarga qatnashmaydi. Rossiya chegarachilari, asosan, respublika janubidagi vaziyatga bog‘liq ma‘lumot to‘plash bilan shug‘ullanishadi.

BBC: Rus chegarachilarining Qirg‘iziston janubiga yuborilishi Qirg‘iz janubida Rossiya bazasi ochilishi ehtimolini kuchaytiradimi?

Shermatova: Mening fikrimcha, Moskva harbiy baza masalasida "six ham kuymasin, kabob ham" degan yo‘lni tanlagan. Aftidan Qirg‘iziston janubida yangi baza paydo bo‘lmaydi. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Bosh Kotibi Nikolay Bordyuja ham Qirg‘izistonda Rossiya yetarli bazaga ega va yangi bazaga hojat yuq, deb aytgandi. Aftidan Moskva Qirg‘iziston bilan hamkorlikda asosiy e‘tiborni respublika chegara xavfsizligini ta‘minlashga qaratmoqchi.

BBC: O‘zbekiston o‘z chegarasiga yaqin hududda xorijiy harbiylarning paydo bo‘lishiga har doim rasmiy Toshkent xavotiriga sabab bo‘lib kelgan. U endi rus chegarachilarining Qirg‘iziston janubiga yuborilishiga qanday qarashi mumkin?

Shermatova: Menimcha, Moskva ushbu masalada Toshkent munosabatini yaxshi hisobga olgan. Rossiyaning Qirg‘iziston janubida harbiy baza ochish rejasidan voz kechishiga, birinchi navbatda, O‘zbekiston munosabati sabab bo‘lgan. Rus chegarachilarining kichik guruhi Qirg‘iziston janubiga yuborilishi, menimcha, Toshkentni bezovta qilmaydi.