Turkmaniston ortidan Qozog‘iston ham nosvoyni taqiqlamoqchi, nega?

Qozog‘iston politsiyasi xalq orasida keng iste‘mol etiluvchi nosvoyni taqiqlashni taklif etgan.

Mas‘ullar aholining salomatligini yaxshilash uchun bunday qarorga kelganliklarini aytishmoqda.

Ularga ko‘ra, tarkibida biror bir noqonuniy modda bo‘lmasa-da, nosvoy uni iste‘mol etuvchi insonlarda saraton va boshqa turdagi xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Nosvoy odatda tamaki, limon va turli xil parrandayu jonivorlarning chiqindilaridan tayyorlanadi.

Qozog‘iston nosvoyni taqiqlash niyatida bo‘lgan ikkinchi Markaziy Osiyo davlatidir.

2008 yilda Turkmaniston ham bunday taqiqqa qo‘l urgandi.

Biz o‘zbekistonlik shifokor Dilmurod Ergashev bilan bog‘lanib, mutaxassis sifatida bu kabi harakatlarga munosabati bilan qiziqdik.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди