Сўнгги янгиланиш 8 октябр 2010 - 13:05 GMT

O‘sh yoxud yo‘qotilgan jannat

Suratli hikoyani tinglash va tomosha qilish uchun surat pastidagi strelьkaga bosing.

Bi-bi-si O‘zbek Xizmati xodimi Rustam Qobil O‘shdagi so‘nggi safari xotiralarini suratlarda jonlantiradi

O‘sh bozorida sabzavot sotayotgan xushchaqchaq Lobar-opa "qora qozoni qaynab turganidan shukr qilishini" aytgandi.

Novvoy o‘zbek yigit - Hafizni esa tandir boshida qirg‘iz do‘sti bilan suhbatlashib turganida uchratganman.

Qirg‘iz qishlog‘idagi muallima Dinara esa hayot og‘irligi bois, yosh bolasini qaynonasiga tashlab, eri bilan birga Rossiyada ishlab kelgan.

O‘zbek qishlog‘i yaqinidagi dalada g‘o‘zapoya yig‘ayotgan Oybek esa, ota-onasini Hajga jo‘natish uchun qishda ustachilik, yozda dehqonchilik qilishini aytgandi.

Ammo o‘tgan iyundagi zo‘ravonlik va xunrezliklar bu kabi orzu, tashvish va quvonchlarni yulib ketdi.

Suratlardagi men gaplashgan insonlar taqdiri ne kechganini hozir bilmayman.

Bu insonlar sog‘mikan, omonmikan? Ularni ko‘rganlar bormi?

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.