Metallarning qimmatbahosidan ko‘ra noyobi anqoning urug‘iga aylanmoqda.

Image caption Noyob yer elementlarining zamonaviy sanoatdagi o‘rni o‘ta muhim.

Nodir yer eyelementlari, deb ham yuritiluvchi noyob metallarning dong‘i oltin yoda olmos kabi qimmatbaho qazilmalardek emasdir, lekin zamonaviy texnologiyalarda ishlatiluvchi bu kabi metallar eksporti kamaygani AQSh va Ovro‘po davlatlari iqtisodlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aytilmoqda.

Mobil telefonlardan tortib, komьpyuter, tibbiy uskunalar va yana qator biz hozirgi hayotimizni ularsiz tasavvur ham qila olmaydigan ashyolarda ishlatiluvchi bu kabi metallarning 90 foizi hozirda Xitoy tomonidan ishlab chiqariladi.

Endilikda Xitoy atrof muhitga yetkazilayotgan zararni kamaytirish va o‘z ichki bozorida ishlatish maqsadida nodir yer elementlari eksportini kamaytirmoqda.

1980 yillargacha nodir elementlarni ishlab chiqarishda AQSh yetakchi edi. Keyinchalik bozorga Xitoy kirib keldi va deyarli mutlaq egallab oldi.

90- yillar boshlarida Xitoy rahbari Den Syaopin "Arablarda neft bor, bizda esa nodir yer elementlari", deya ko‘ksiga urgan edi ham.

Xitoy noyob metallarining asosiy xaridori bo‘lgan Yaponiya va yuqori texnologiyalar ishlab chiqaruvchi g‘arb davlatlari endilikda o‘zlarini qayerga urishni bilmay turibdilar.

Noyob yer elementlari Markaziy Osiyoda bormi?

Britaniyaning Lids Universiteti professori Animesh Jahga ko‘ra, Qozog‘iston tomoni undan titan tarkibida noyob yer elementlari bormi-yo‘qligini aniqlab berishni so‘ragan.

Tadqiqotlar natijasida Qozig‘iston titanida ba‘zi nodir yer elementlari borligi aniqlangan.

"Balkim bu elementlar eng yaxshilari emasdir, lekin ular har tomonlama geologik tadqiqotlar o‘tkazishsa, balkia yaxshilarini ham topishlari mumkindir. Qozog‘iston nodir yer elementlari maskani bo‘lishi ehtimoli bor, chunki ularda uran va boshqa qazilmalar anchagina", deydi professor Animesh Jah.

Markaziy Osiyo Mintaqasida noyob yer elementlari borligi aniqlangan taqdirda ham ularni qazib chiqarib, jahon bozorlariga olib chiqish uchun qancha vaqt talab qilinadi?

Professor Jahga ko‘ra, Markaziy Osiyo siyosiy jihatdan anchayin beqaror hudud bo‘lgani tufayli bu kabi jarayon u qadar ham tez ro‘y bermasligi mukmin. Lekin hukumatlar va loyihada ishtirok etishni istagan shirkatlar o‘rtasida o‘zaro tushunin va muvofiqlikka erishilsa jarayon anchain tezroq kechishi mumkin.

Ammo iqtisodchilar noyob yer elementlari xom ashyosini sotgandan ko‘ra, to‘liq ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish anchayin foydaliroq ekanligini aytadilar.