O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan boshpana izlovchi taqdiri noma‘lum qolmoqda

Aeroport

Olma ota hibsxonasida saqlangan boshpana izlovchilarning yana biri - Xurshid Komilovning yaqinlari uni qayerdaligini aniqlash say-harakatlari hozirga qadar natija bermaganini aytganlar.

Olma ota Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mulozimlaridan biri, asli Qirg‘izistonlik Xurshid Komilovning o‘tgan oy boshida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinganini ma‘lum qilgandi.

27 yoshli boshpana izlovchi yaqinlariga ko‘ra, Xurshidning O‘zbekistonda nimada ayblanayotgani noma‘lum.

Aksari o‘zbekistonlik bo‘lgan 28 nafar boshpana izlovchi 9 iyun kuni Olma ota shahrida o‘tkazilgan reydda hibsga olingan edi.

Ularni turli noqonuniy diniy oqimlarga a‘zolik va jinoyatlar sodir etishda ayblab, O‘zbekiston huquq-tartibot organlari davlatlararo qidiruvga bergandi.

Biroq boshpana izlovchilar hech qanday diniy oqimga mansub emasliklarini aytishadi.

Hibsda saqlanayotgan boshpana izlovchilarning barchasiga Olma ota migratsiya qo‘mitasi rad javobini bergan.

Ularni ekstraditsion muddati o‘tgan oy tugagan edi.

Bi-bi-si Xurshid Komilovning opasi Umida Komilova bilan suhbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди