'Qirg‘iziston janubida o‘zbeklarga qarshi ta‘qib va tazyiqlar davom etmoqda'

Qirg‘iziston janubidagi O‘sh viloyati Novqat tumani yashovchilaridan biri Bi-bi-siga yerlarning o‘zlariga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi hujjatlari bo‘lishiga qaramay, tortib olishga urinishlar bo‘layotgani haqida aytdi.

Ismini oshkor qilishni istamagan novqatliklardan biriga ko‘ra, "aynan o‘zbek" bo‘lganlari uchun ularga tegishli mulkni tortib olish harakatlari boshlangan.

Uning aytishicha, yerni olmoqchi bo‘lgan odamlar hech qanday asos ko‘rsatishmagan, huquqiy idoralarga qilinayotgan murojaatlar esa, javobsiz qolmoqda.

Ikki kun muqaddam Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tinboyeva O‘sh viloyatida yerlar tortib olinayotganiga oid xabarlar ustidan tekshiruv o‘tkazuvchi hay‘at tashkil etgani xabar qilingandi.

O‘sh viloyati rasmiylari 7-8 noyabr kunlari ming nafarcha qirg‘iz millatiga mansub kishilar Qorasuv tumanidagi bir necha o‘zbek qishloqlari ahliga tegishli bo‘lgan dehqonchilik yerlarini tortib olishni boshlaganlari haqida ma‘lum qilishgandi.

Roza O‘tinboyeva tomonidan tashkil etilgan hay‘at ushbu xabarlarni bir oy ichida o‘rganishi va natijalarni prezidentga yetkazishi kerakligi aytiladi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди