Qirg‘izistonda "Respublika" partiyasi koalitsiya barpo etish muzokaralarida

Qirg‘iziston parlamentida "Respublika" partiyasi raisi Omurbek Babanov raisligi ostida koalitsiya barpo etish yo‘lidagi muzokaralar davom etmoqda.

Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tinboyeva dastlab Sotsial-demokratik partiyaga kaolitsiya tuzish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

Lekin sotsial-demokratlar bunga erisha olmagach, endilikda "Respublika" partiyasi harakatlarni boshladi.

Qirg‘iziston parlamenti 120 deputatga ega, "Respublika" partiyasi parlamentda 23 o‘rinni egallagan.

"Respublika" partiyasidan ma‘lum qilishlaricha, Omurbek Babanov koalitsiya tashkil etish muzokaralariga parlamentda o‘rinlarga ega besh partiya rahbarlarini taklif etgan.

Qirg‘iz parlamentining ilk koalitsion ko‘pchiligida tarkibiga hukumatparast "Respublika", "Ota Makon" va Sotsial-demokratik partiyalari kirgan.

Millatchi hisoblangan "Ata Jurt" va Qirg‘izistondagi milliy ozchiliklar ovozlariga ega bo‘lgan "Or-nomus" partiyasi muxolif mavqeni tanlashga qaror qilganlar.

Qirg‘iziston konstitutsiyasida koalitsiya barpo etish harakatlari uchun 15 kun belgilangan.

Mabodo ikkinchi marta ham boshqaruv koalitsiyasi va yangi hukumat tashkil etilmasdan, parlament raisini saylashga erishilmasa, ushbu harakatlarni uchinchi marta boshlashga to‘g‘ri keladi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir koalitsiya barpo etish urinishiga 15 kundan 45 muzokara kuni ko‘zda tutilgan, agar uch martada ham muvaffaqiyatga erishilmasa, mamlakat prezidenti parlamentni tarqatib yuborib, yangi parlament saylovlari muddatini belgilashi nazarda tutilgan.