BMT: 'Milliy nizo jabrdiydalari uchun vaqtinchalik uylar bitdi'

Birlashgan Millatlarning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi idorasi shu yil iyunida Qirg‘iziston janubidagi etnik zo‘ravonliklar chog‘ida boshpanasiz qolganlar uchun vaqtinchalik uy-joy qurib berish dasturini yakunlagani haqida hisob bergan.

Xalqaro tashkilot e‘lon qilgan bayonotda aytilishicha, O‘sh va Jalol-Obod shaharlarida jami 13.400 ta jabrdiyda uchun vaqtinchalik turar-joy qurib bitkazilgan. Bu zo‘ravonliklar chog‘ida yonib bitgan uylarning 80 foizi demakdir.

Qolgan 20 foiz uylar qurilishini Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Birlashgan Millatlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, zo‘ravonliklar chog‘ida 2.000 ta uy zarar ko‘rgan, ularning 1690 tasi butkul yonib ketgan.

Iyun oyidagi milliy nizolar chog‘ida yuz minglab odamlar uylarini tashlab chiqishgan va keyinroq xarob bo‘lgan hovli-joylariga qaytgan edilar.

Ularning ko‘pchiligi shu paytgacha, ya‘ni bir necha oy mobaynida xalqaro tashkilotlar qurib bergan palatkalarda yashashgan.

Hozirda BMT Qochkinlar idorasi vaqtinchalik uylarni qurish rejasi bajarilgani haqida aytayotgan ekan, biz haqiqatda vaziyat qanday ekanini bilish uchun o‘shlik inson huquqlari faoli Ravshan Gapirov bilan bog‘landik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди