Xo‘janddagi hujumlarda gumon etilganlar Rossiyada qo‘lga olindi

Tojikiston va Rossiya Ichki ishlar vazirlarining Dushanbeda bergan qo‘shma anjuman chog‘ida aytishlaricha, shu yil sentyabr oyida Xo‘jandda sodir etilgan portlashga aloqador deb gumon etilayotgan shaxslar Rossiyada hibsga olinishgan.

Tojikiston Ichki ishlar vaziriga ko‘ra, asosiy gumondor - tojikistonlik va u O‘zbekiston Islomiy Harakatining Rossiyadagi bo‘limi boshlig‘idir.

Rossiya Ichki ishlar vaziri esa, Shimoliy Qofqozda yoshlarni jangari guruhlarga yollab, Tojikistonga keltiruvchi bir guruhni aniqlashgani haqida bildirdi.

Avvalroq Sug‘d viloyati Xavfsizlik qӯmitasi Xo‘janddagi suiqasd amalida Ӯzbekiston Islomiy Harakati a‘zolarining qӯli borligi haqida bayonot bilan chiqqandi.

Ayni vaqtda Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida Tojikistonda 25 ta terrorchilik amaliyotini amalga oshirgani aytilgan Abdulvosit qori Latipov guruhi ham qӯlga olinganligi xabar qilingan.

Rossiya Ichki ishlar vaziri Rashid Nurgaliyev qӯlga olingan shaxslarning jinoyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ularga yetib kelgach, gumondorlarni Tojikistonga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilishini ma‘lum qildi.

Xo‘janddagi portlash joriy yilning 3 sentyabr kuni tongda Tojikiston Ichki ishlar vazirligining Uyushgan Jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hududida sodir bulgandi.

Hodisada boshqarmaning 3 nafar xodimi halok bӯlgan va 27 nafari jarohatlangandi.

Portlashdan kӯp ӯtmay, Sug‘d viloyati Xavfsizlik qӯmitasi bayonot bilan chiqib, terrorchilik amaliyotida asli istarafshonlik bo‘lgan va Xӯjandda yashab kelgan Akmal Karimovning qӯli borligini ma‘lum qilgandi. Karimov Ӯzbekiston Islomiy Harakatining a‘zosi ekanligi urg‘ulangandi.

Ammo Tojikiston va Rossiya Ichki ishlar vazirlarining matbuot anjumanida Xo‘jand portlashiga aloqador deb aytilayotgan kishilar aynan kimlar ekanligi va ularning soni haqida ma‘lumot berilmadi.

Janob Nurgaliyev Xӯjanddagi terror ildizlari chuqur ӯrganilishini urg‘uladi.

“Xӯjandda sodir etilgan terakt masalasida biz hamkasblarimizdan keng axborot berishlarini sӯradik. Biz bu xabarni Rossiya Federatsiyasida ham ӯrganishimiz, tahlil qilishimiz kerak. Agar bu Shimoliy Qofqoz bilan bog‘liq bӯlsa, biz buning ildizlarini chuqur ӯrganamiz," dedi Rashid Nurgaliyev.

Ayni vaqtda Rossiya axborot agentliklari Tojikiston hududida 90-yillardan buyon 25 ta terrorchilik amaliyoti uyushtirgani aytilayotgan qurolli guruh a‘zolarining Chelyabinskiyda qӯlga olinganligi haqida xabar tarqatishgan.

42 yoshli Abdulvosit qori Latipov esa, guruh boshlig‘i deb aytilgan.

Ammo bu guruhning Xӯjanddagi portlashga aloqasi bor-yo‘qligi ma‘lum emas.

Abdulvosit qori Latipov o‘z vaqtida Birlashgan Tojik Muxolifatining kӯzga kӯringan faollaridan biri Akbar Turajonzodaning tan qӯriqchisi bӯlganligi ma‘lum.

Rashid Nurgaliyevga kӯra, 2008 yildan joriy yil oktyabriga qadar Rossiya hududida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi davlatlararo qidiruv e‘lon qilgan 299 nafar kishi qӯlga olingan.

Ӯz navbatida, Tojikiston tomoni ham Rossiya Ichki ishlar vazirligi qidiruvida bo‘lgan 340 ta shaxsni hibsga olgan.