Rossiya: 'Millatchilik ruhidagi zo‘ravonliklarga barham berilsin'

Moskvadagi qator milliy jamoalar liderlari Rossiya hokimiyatidan millatchilik ruhidagi zo‘ravonliklarga qarshi jiddiy chora qo‘llashga chaqirishmoqda.

Qirg‘iziston va Tojikiston elchixonalari Rossiyadagi mehnat muhojirligida band fuqarolarining xavfsizligini ta‘minlash uchun ular orasida tushuntirish ishlari olib borilayotganini bildirishgan.

Qirg‘iziston elchiligi, shuningdek, Moskva janubida millatchilar hujumi oqibatida qurbon bo‘lgan o‘shlik Alisher Shamshiyev jasadi Qirg‘izistonga yuborilayotganini bildirgan.

O‘z navbatida, Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ahvoli haqida ma‘lumot olish uchun Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi bilan bog‘lanish urinishlarimiz odatdagidek natijasiz yakunlandi.

Elchixona rasmiylari doimo Bi-bi-si bilan so‘zlashishdan bo‘yin tovlab kelishadi.

Ayni vaqtda Moskvadagi qator milliy jamoalar vakillari hokimiyat rasmiylarini "Manej" maydonidagi tartibsizliklarda millatchilarga qarshi yetarlicha chora ko‘rmayotganlikda ayblashmoqda.

Diaspora liderlari fikrlaricha, hukumatning millatchilarga qarshi jiddiy chora ko‘rmasligi oqibatida Rossiyada irqchilik jinoyatlari oshib bormoqda.

Rossiya rahbariyati "Manej" tartibsizliklariga aloqador shaxslar jazolanishini bildirgan.

Ekspertlar, shuningdek, Rossiya futbol fanatlari orasida millatchilik kayfiyati keng tarqalganiga ishora etishadi.

Batafsilroq Moskvadan muxbirimiz Davlat Qudrat xabarida tinglang:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди