O‘zbekistonlik boshpana izlovchi 'infarkt miokardini boshdan o‘tkazgan'

O‘zbekistonlik Qochqinlarni Qutqarish Qo‘mitasi Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga murojaat bilan chiqib, undan Olma-Ota hibsxonasida saqlanayotgan o‘zbekistonlik qochqin Fayzullaxon Akbarov befarq bo‘lmaslikni so‘ragan.

Qutqarish Qo‘mitasining ma‘lum qilishicha, Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasida ushlab turilgan 20 yoshli Fayzullaxon Akbarov infarkt miokardini boshdan kechirgan.

Qo‘mitaning Fayzullaxon Akbarov yaqinlariga iqtibosan aytishicha, o‘zbekistonlik qochqinning barmoqlari falaj bo‘lib qolgan, sochlari to‘kila boshlagan.

Fayzullaxon Akbarov o‘z turmush o‘rtog‘iga: "Men o‘lsam kerak…," deb aytgan, xabar beradi O‘zbekistonlik Qochqinlarni Qutqarish Qo‘mitasi.

Qo‘mita murojaatida ta‘kidlanishicha, qo‘mita Fayzullaxon Akbarovga zaruriy tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan.

Shu yil yozida Olma-Ota shahrida 29 o‘zbekistonlik qochqin O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari talabi bilan hibsga olingan edi.

Bir necha yildan beri Qozog‘iston hududida yashab kelgan o‘zbekistonliklarga avval BMT qochqinlar qo‘mitasi tomonidan boshpana izlovchi maqomi berilgandi.

Bi-bi-si O‘zbekistonlik Qochqinlarni Qutqarish Qo‘mitasining voizi Ahmad Iysoga bog‘landi va undan Fayzullaxon Akbarov sog‘ligiga oid xabar tafsilotini so‘radi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди