Taniqli adib va jamoat arbobi Pirimqul Qodirov Toshkentda dafn etildi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi va o‘zbek adabiyotining peshqadam vakillaridan biri Pirimqul Qodirov bugun Toshkentning "Chig‘atoy" qabristonida dafn etildi.

Taniqli adib kecha kechga yaqin 82 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi.

Bugun Toshkentda marhum bilan rasman vidolashuv marosimi ham bo‘lib o‘tgan.

Pirimqul Qodirov “Uch ildiz”, “Qora ko‘zlar”, “Olmos kamar”, “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” singari zabardast asarlar muallifi edi.

Uning romanlari ko‘plab xorijiy tillarga o‘girilgan va qator asarlari esa, ekranlashtirilgan.

Zabardast qalam ustasi o‘z mehnatlari uchun "Shuhrat" medali, "El-yurt hurmati" va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.

Biz o‘zbekistonlik taniqli yozuvchi Tohir Malik bilan bog‘lanib, eng avvalo marhum adib Pirimqul Qodirovning adabiy me‘rosi haqida so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди