O‘shlik otaxonlarning bugungi hayotlari kimga qolgan?

"Ashaddiyotlar dunyosi" loyihamizning uchinchi qismida insonlarning umr ko‘rish darajasiga e‘tibor qaratamiz. Dunyo bo‘ylab bu ko‘rsatkichlar aql bovar qilmas darajada bir-biridan farq qiladi. Shunday ekan, bu kishilarning hayot tarzlariga qanday ta‘sir qiladi?

Deylik, dunyoning turli davlatlarida odamlar turli yoshda o‘lib ketishadi. Yaponiyada insonlar 83 yoshgacha umr ko‘rishsa, Afg‘oniston va Zimbabveda 42 yoshgacha hayot kechirishadi.

Yigirmanchi asr o‘rtalaridan boshlab, jahonning aksariyat rivojlangan davlatlarida insonlarning hayotlari uzayib bormoqda.

Bunga yashash darajasining yaxshilangani va yuqumli xastaliklarga deyarli barham berilgani sabab bo‘lgan.

Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda bolalar o‘limi hollarining kamaygani va tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar ham odamlarning umrlarini uzaytirishga xizmat qilgan.

Qora Afrika davlatlarida esa, VICh/OITS ga chalinish hollari keskin ortgan.

Ekspertlarga ko‘ra, bundan buyog‘iga ham insonlarning umrlari uzayib boraveradi, 100 va hatto undan oshiqroq yashash hollari ham umumiy tus olishi mumkin.

Birlashgan Millatlarning loyihalariga ko‘ra, kamida 100 yoshga kiruvchilarning soni 2050 yilga borib, 2.2 million kishiga yetishi mumkin.

Dunyoda Yaponiya aholisi eng keksasi hisoblanarkan. Yaponiyada aholining 20 foizdan ortiqrog‘i 65 yoshdan oshgan va kamida 100 yoshga kirganlarning soni shu yilning sentyabr oyida 44.449 ming kishini tashkil etgan.

Iqtisodiy Tahlil bo‘limining ko‘rsatkichlariga qaralsa, keksalarga eng yaxshi g‘amxo‘rlik Buyuk Britaniyada ko‘rsatilarkan.

Bo‘limning tadqiqotlari jahonning 40 davlatida olib borilgan. Kishilarning umr ko‘rish yoshlari, tibbiyot sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar va kishilarning keksalarga ko‘zda tutilgan g‘amxo‘rliklardan qanchalik ogoh ekanliklari mezon sifatida olingan. Bu masalada eng yomon ahvolda bo‘lgan davlat sifatida Hindiston topilgan.

Iqtisodiy Tahlil bo‘limining aytishicha, dunyo hukumatlari va keksalar haqida qayg‘urayotgan xizmatlar qarshisida turgan asosiy muammo - aholining keksayish sur‘atiga muvofiq o‘z faoliyatlarini uyushtirishdir.

Biz o‘tgan iyun oyida qonli milliy nizolarga sahna bo‘lgan va mahalliy aholining hayoti butkul izdan chiqib ketgan Qirg‘iziston janubida istiqomat qiluvchi otaxonalarning biriga bog‘lanib, bugungi umrguzaronligi bilan qiziqdik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди