Tojikistonda narx-navo bir yilda 10 foizdan ortiqroqqa sakragan, O‘zbekistonda-chi?

Tojikistonlik mas‘ullarga ko‘ra, oziq-ovqat narxlari o‘tgan bir yilning ichida 13.4 foizga ortgan.

Bildirilishicha, bunga Tojikistonga import qilinayotgan yoqilg‘i qiymatining ortgani sabab bo‘lgan.

"Yoqilg‘i narxlari 40-46 foizga ortishi oziq-ovqat narxlarining ham ko‘tarilishiga olib keldi," deb aytgan Tojikiston Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri.

Tojikistonga eksport qilinuvchi oziq-ovqat mahsulotlari esa, chetdan yirik naqliyot vositalari yordamida keltiriladi.

Tojikiston shundoq ham Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlatlardan biri sanaladi. Va aholisining katta qismi mehnat muhojirligi orqasidan kun ko‘radi.

O‘tgan yili oziq-ovqat narxlarining global miqyosida ortib ketishi barcha Markaziy Osiyo davlatlaridagi vaziyatga ham ta‘sir etmay qolmagandi.

Dunyodagi yirik g‘alla eksporterlari hisoblangan Rossiya va Qozog‘istonda kuzatilgan qurg‘oqchilik bunga sabab bo‘lgani aytilgandi.

Buning ortidan Tojikistonga qo‘shni O‘zbekistonda ham un, yog‘, shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati bir necha barobariga qimmatlagani kuzatilgandi.

Mazkur holat esa, o‘z navbatida, do‘konlardagi non, bozorlardagi meva-sabzavot va go‘shtning narxiga ham ta‘sir etmay qolmagandi.

Bu orada aholining oylik maoshlari ham bir necha bor oshirilgan esa-da, oshirilgan ish haqlarining ham mavjud narx-navolarga muvofiq emasligi aytilgandi.

Yangi yildan O‘zbekistonda yoqilg‘i narxlari yanada ko‘tarilgan.

O‘tgan yili kuzatilgan yoqilg‘i taqchilligi sabab esa, ayrim viloyatlarda bir litr benzin narxi 5000 so‘mga ham chiqib ketgandi.

Global miqyosda narx-navolarning ko‘tarilishi davom etar ekan, mazkur holat dunyoning bir qator davlatlarida norozilik chiqishlariga ham sabab bo‘lib kelmoqda.

Jahon Banki rahbari yaqinda Bi-bi-siga bergan suhbatida mas‘ul shirkatlar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kuchaytirishmas ekan, inqiroz xavfi saqlanib qolishini ham urg‘ulagandi.

Biz yangi yilda O‘zbekistondagi narx-navo bilan bog‘liq vaziyatni bilish uchun o‘zbekistonlik mustaqil iqtisodchi Jahongir Shosalimovni suhbatga tortdik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди