Tojikiston shimolida bir necha 'ehtimoliy terrorchi' qo‘lga olindi

Tojikiston huquq-tartibot mulozimlari Shimoliy Tojikistonda bir qator terrorchilik amallarini sodir etishga urinishda gumon etilgan bir necha kishini qӯlga olgan.

Bu borada Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik xizmatining Sug‘d viloyati boshqarmasi tarqatgan maxsus xabarda ma‘lum etilgan.

Xabarda aytilishicha tergov manfaatlariga kӯra qo‘lga olinganlar shaxsi oshkor etilmayotir.

Joriy yil 21 yanvarda, kechki tӯqqizga yaqin Xӯjandda, Sug‘d viloyati milliy xavf-sizlik boshqarmasi binosi oldida davlat raqami bӯlmagan "Folskvagen-Passat" rusumli avtomashinasi turganligi aniqlangan edi.

O‘sha kuni va ertasi tongda esa Sug‘d viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Istaravshan shahar ichki ishlar bo‘limi yonida yana ikkita shubhali mashina topilgan.

Portlatgich moddalar solingan "Opel" rusumli bu ikki mashinaning biridan 54 kilogramm, ikkinchisidan 48 kilo ammonit topilgan.

Har ikki mashinada ham 200 gramm-li trotil moddasi, bittadan detonator, soat mexanizmi va uyali telefon bӯlgan.

Portlatgich moddalar zararsizlantirilgan.

"Folksvagen" mashinasi eshiklarini ochish qiyinchilik tug‘dirgach, avvaliga u ehtiyot choralari yuzasidan Sirdaryoning odamlardan olis yeriga cho‘ktirilgan.

Mashina suv tagidan tortib olingach, undan 69 kilo ammonit, oldingi mashinalardagi kabi 200 grammli trotil moddasi, detonator va uyali telefon topilgan.

O‘sha kecha portlovchi moddalar o‘rnatilgan ashinalar aniqlangan ko‘chalarga yaqin aholi zudlik bilan ko‘chirilgan.

Uyali qo‘l telefonlari o‘chirib qo‘yilgan.

Hozirda Sug‘d viloyati milliy xavfsizlik xizmati tomonidan terrorchilik amallari sodir etishga urinish yuzasidan jinoiy ish qӯzg‘algan.

Viloyat prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib borayotir.

Xӯjand va viloyatning boshqa shaharlarida xavfsizlikni ta‘minlash choralari kuchaytirilgan. Hukumat binolari oldida mashinalarni tӯxtatish ta‘qiqlangan.

Kuzatuv kameralari o‘rnatila boshlangan.

Ӯtgan yil sentyabrida Xo‘jand shahrida xudkushlik hujumi oqibatida kuchli portlash sodir etilgandi.

Sug‘d viloyati ichki ishlar boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bӯlimi hovlisida tonggi sakkizga yaqin yuz bergan bu portlash natijasida xudkush hujumchidan tashqari 3 nafar milisiya mulozimi halok bo‘lgandi, 27 nafar milisiya xodimi yaralangandi.

Sug‘d viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma‘lumotlariga binoan Xӯjanddagi port-lashdan sӯng 50 nafar kishi qӯlga olingan.

Ӯzbekiston Islomiy harakatiga mansub kӯrilayotgan bu kishilarning 40 nafarga yaqini Istaravshan shahri va uning atrofidagi qishloqlardan ekanligi bildirilgan.

Ayni bir paytda oddiy odamlar orasida qӯlga olishlar davomida aybsiz insonlar ham jabrlanib qolishidan xavotirliklar ham yӯq emas.

Tojikiston va O‘zbekiston chegara chizig‘ida nazorat kuchaytirilgan.