Qirg‘iziston janubida yana bir kelinchak o‘g‘irlab ketildi

Image caption O‘tgan yildan buyon Qirg‘izston janubida ayollarni o‘g‘irlash hollari ko‘paydi

Qirg‘iziston janubidagi Qorasuv shahridan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, shahar ulgurji bozorida savdo qiluvchi Nargizaxon ismli 32 yoshli ayol noma‘lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Yaqinlari Nargizaxonning yo‘qolgani yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishganini aytganlar.

Hodisa tongda Nargizaxon savdo qilgani bozorga chiqqan mahali yuz bergani xabar qilinadi.

Hozirda qidiruv ishlari boshlatilgan, ammo o‘g‘irlangan ayol taqdiri noma‘lum qolmoqda.

Qirg‘izistonlik mustaqil jurnalist Nurxon Mirzabdullayeva BBCga o‘tgan yildan buyon mamlakat janubida o‘g‘irlab ketilgan 17 xotin-qizning ro‘yxatini tuzganini aytadi.

Unga ko‘ra, o‘g‘irlangan ayollarning barchasi o‘zbek millatiga mansub.

Qirg‘iziston janubida yashovchi o‘zbeklar qosh qoraygach, ko‘chaga chiqishga qo‘rqishlarini aytishadi.

Mustaqil jurnalistning aytishicha, hozirga qadar odam o‘g‘irlashlar yuzasidan biror shaxs javobgarlikka tortilmagan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди