Bishkek markazida O‘sh bozori tijoratchilari namoyishga chiqqanlar

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek markazida to‘plangan 200ga yaqin kishi Prezident Roza Roza O‘tinboyeva va yo Bishkek hokimi Isa Umirkulov bilan muloqotni talab qilishmoqda.

Hukumat binosi tashqarisida o‘tayotgan norozilik aktsiyasi ishtirokchilari Bishkekdagi "O‘sh" bozori tijoratchilari bo‘lib, ular bozor atrofidagi atrofidan do‘konlarning olib tashlanishi bilan bog‘liq masalaga yechim istashmoqda.

Namoyishchilar Bishkek hokimi Isa Umirkulov ko‘rsatamasi bilan do‘konlarining yopilishi ortidan ishsiz qolganlaridan shikoyat qilganlar.

Ular mulozimlardan do‘konlar uchun yangi joy ajratilishi va yo o‘z do‘konlari qaytarib berilishini, aksincha, hukumat binosi oldini tark etmasliklarini ta‘kidlashgan.

Namoyishchilar hukumat binosi atrofidagi temir panjaralarga parlament raisining iste‘fosi talab qilingan shiorlarni osib qo‘yishgan.

Ular temir panjaralarni silkitayotganlari, ayrimlar esa, undan oshib o‘tishga harakat qilayotganlari xabar qilinadi.

Xabarlarga ko‘ra, politsiya zobitlari tartibni saqlashga harakat qilishmoqda.

Bishkekdagi "O‘sh" bozori atrofidagi rasmiy ruxsatchiz ishlayotgani aytilgan do‘konlarni yopish o‘tgan yanvar oxirlarida boshlangan. Rasmiylar ayni qarorning olishini betartib joylashgan do‘konlarning transport qatnoviga halaqit berayotgani bilan izohlashgandi.

Poytaxt hokimi Isa Umirkulov Bishkekning qoq markazida joylashgan "O‘sh" bozori atrofida yuzlab rejalanmagan va rasmiy ruxsatsiz ishlayotgan do‘konlar mavjudligi hamda tijoratchilar uchun allaqachon yangi savdo joylari hozirlanib, taklif qilinganligini bildirgan.

Aytilishicha, bozor atrofida tozalikni saqlash qoidalariga amal qilinmasligi ham shahar hokimiyatining kichik do‘konlarni boshqa bozorlarga ko‘chirish qarorini olishiga sabab bo‘lgan.

Lekin, tijoratchilar "O‘sh" bozoridagi joylaridan ajralishni istamaydilar. Ular yangi do‘konlarning ijara haqlari yuqori bo‘lishidan xavotirdalar.

Payshanba kungi namoyish ishtirokchilari 3-mart kuni ham nafaqat Bishkek hokimiyati binosi qarshisida, balki Ola-Too maydonida ham tadbirlar norozilik chiqishlari o‘tkazishgan.

Ular avval banklardan olgan qarzlarini uzishlari va do‘konlarini ko‘chirish uchun kamida bir yil muddat berishni talab qilishgan.

Bishkek hokimi Isa Umirkulov esa, shaharni tartibga solish rejalari keyinga qoldirilmasligini aytadi. Kelgusi aprel oyida "O‘sh" bozori va mazkur korxonaga tutash joylashgan yana ikkita savdo markazi atrofida yo‘llarni ta‘mirlash ishlari boshlanadi.

Shu bois shahar markazining katta qismida qatnov to‘xtatib qo‘yiladi.