Tojikiston MDH davlatlari tarixiga oid yagona darslik yaratish taklifida

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Tojikiston tomoniga ko‘ra, yagona tarix darsligi MDHga a‘zo davlatlarning tarixiy-madaniy merosini o‘rganish uchun muhim

Tojikiston MDHga a‘zo barcha davlatlar tarixi va madaniyatini o‘rganish uchun yagona darslik yaratish taklifini ilgari surgan.

Tojikiston Maorif vaziri Abdujabbor Rahmonov ushbu g‘oyani MDHga a‘zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasining yig‘ini chog‘ida o‘rtaga tashlagan.

Janob Rahmonovga ko‘ra, yagona tarix darsligi MDHga a‘zo barcha davlatlarning tarixiy-madaniy merosini o‘rganish uchun lozim.

O‘tgan yili Rossiya maorif vaziri Andrey Fursenko ham xuddi shunday taklif bilan chiqqandi.

Rossiya maorif vaziri bu kabi o‘quv qo‘llanmasining ham o‘quvchilar va ham o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishini aytgandi.

Janob Forsenko, "yagona tarixga umumiy mavqe‘dan turib yondashuvchi bu kabi darslik" turli davlat tarixchilari tomonidan ishlab chiqilishi ehtimolini ham nazardan soqit etmagandi.

Hozirgacha Qozog‘iston va Rossiya hamkorlikda ekologiya va jo‘g‘rofiya darsliklarini yaratishgan.

Biz Tojikiston Maorif vazirining taklifiga munosabatini bilish uchun O‘zbekistondan tarixchi Goga Hidoyatovni suhbatga chorladik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди