Qozog‘istonda hukumat o‘z tarkibini qariyb saqlab qoldi

Image caption Nursulton Nazarboyev yana bir bor prezident etib qasamyodga keltirildi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgach, qonunga binoan hukumat iste‘fo bergan.

Ammo, bir - ikki o‘zgarishlarni aytmaganda hukumat o‘z tarkibini saqlab qoldi.

Kutilmagan o‘zgarishlardan biri prezidentning kuyovi Timur Quliboyev Samurыq-Qazыna milliy jamg‘armasiga rahbar etib tayinlanishidir.

Kuzatuvchilar Nazarboyev kichik o‘zgarishlar ortidan hokimiyatni topshirishni rejalayotganini taxmin qilishadi.

Qonunga muvofiq prezident saylanganidan so‘ng hukumat avtomatik ravishda iste‘foga chiqdi. Ammo, Nazarboyev yana Karim Masimov boshchiligidagi eski tarkibga o‘z ishonchini bildirdi. Deputatlar bir ovozdan ushbu taklifni qo‘llab quvvatlashdi.

- Prezident tomonidan bosh vazirga ishonch bildirilishi va uning qayta tayinlanishi, prezidentning to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumat siyosiy jamoasiga ham bo‘lgan ishonchini bildiradi, deydi qozog‘istonlik siyosatshunos Maksim Kaznacheyev.

Boshqa bir kuzatuvchilar esa, hukumatning shu tarkibda saqlanib qolishi bu yil parolament saylovlaridan darak berishini aytadi.

Siyosatshunos Qanat Berentayevga ko‘ra parlament saylovlari bo‘lgach, qonun bo‘yicha hukumat yana istefoga chiqishi va yangisi tayinlanishi kerak.

Karim Masimov boshchiligida hukumat a‘zolari vaqtinchalik ushbu vazifani bajarib turadilar, xolos.

Samurыq-Qazыna jamg‘armasi rahbarining o‘rinbosari bo‘lgan prezidentning kuyovi Timur Kuliboyevning jamg‘armaga rahbar etib tayinlanishi uning katta siyosatga chiqqanini anglatishi aytilmoqda.

Bu o‘zgartirish o‘sish deb baholanayotgan bo‘lsa-da, bu Quliboyevning prezidentlik taxti tomon yurishdagi imkonlarini biroz cheklash o‘laroq qabul qilinishi mumkin.

Chunki, Quliboyevning Samruq Qazinaga tayinlanishi uning yaqin kelajakda almashishi kutilayotgan Bosh vazir lavozimiga tayinlanishdan cheklab qo‘yish mumkin.

Oxirgi bir necha oy davomida Britaniya qirolichasining o‘g‘li Shahzoda Andryu bilan bog‘liq korruptsiya da‘volari haqidagi maqolalarda janob Quliboyevning ham bir necha bor tilga olinishi uning vorislik qilishiga soya solishi mumkin.

"So‘nggi vaqtlardagi Quliboyev shaxsi atrofidagi mojarolar uning zarariga o‘ynashi mumkin", - deydi siyosatshunos Qanat Berentayev.

Shunday bo‘lsa-da Quliboyevning rahbar etib tayinlanishi va Darig‘a Nazarboyevning Nur Otan partiyasi siyosiy kengashiga kiritilishi ushbu ikki shaxsning prezidentlik uchun munosib nomzodlar qatoriga kiritgan.

Kuzatuvchilar yana bir nomzod Industriya va yangi texnologiyalar vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Aset Isekeshovning nomini ham tilga olishadi.

Nazarboyev tomonidan muhim deb sanaladigan industriya va yangi texnologiyalar sohasining ishonilib aynan Isekeshovga topshirilishi uni voris sifatida ko‘rilishini anglatishi mumkin.

"Iseyeshvning Qozog‘iston iqtisodini zamonaviylashtirish bo‘yicha aloqasi kuchli. Chunki u ushbu g‘oyaning mualliflaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari Isekeshov janoblari turli mish mish va mojarolar bilan o‘ralashib qolmagan. Uni hech kim bilan bog‘liq qilib ko‘rsatishmaydi", deydi Qanat Berentayev.

Nomzodlar orasida Nazarboyevning amakivachchasi Qayrat Satibaldining ham nomi tilga olinadi. Qayrat Satibaldi o‘tgan yil qudratdagi Nur Otan partiyasi kotibi etib tayinlangan.

Ammo, Qozog‘istonda chiqadigan maqolalarda besh vaqt namoz o‘qiydigan Satibaldi janoblari Markaziy Osiyoda uncha hush qarshilanmaydigan Salafiylar oqimi tarafdori sifatida ta‘rif etiladi.

Kuzatuvchilar ko‘ra, unga qo‘yilayotgan mana shu sifatlar vorislar orasida uning nomzodi imkonini tushirib yuboradi.

Qonun bo‘yicha favqulotda holatlarda prezident o‘rnini Senat raisi egallashi kerak. Mutaxassislar bu lavozimga Nazarboyevning sinalgan va eski jamosidan biri nomiga tayinlanishini aytishmoqda. Tayinlangan senat raisi o‘z navbatida fursati kelib qolsa vakolatini Bosh vazirga berishi taxmin qilinmoqda.