Tojikiston poytaxti markazida dunyodagi eng baland bayroq o‘rnatildi

Image caption Avvalroq Tojikistonda yaratilgan bayroq uzunligi 1500 metr edi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri markazida dunyoning eng baland bayroq tikildi.

Tojikiston milliy bayrog‘i tikilgan ustunning balandligi 165 metrdir.

Bayroq uzunligi 60 metr va eni esa 30 metrdir.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon o‘tgan yil 24-oktyabrida bayroq ustuniga tamal toshini qo‘ygandi.

Tojikistonda har yil 24-oktyabrda "Milliy bayroq kuni" nishonlanadi.

2009 yilning 11 noyabrida mamlakat parlamenti "Bayram kunlari" haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritib, har yili 24-noyabrda "Milliy bayroq kuni" nishonlanishini belgilagandi.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, Tojikiston bayrog‘i xalqning ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan muborizasi ramzi - qizil, baxt-saodat, umid va orzu nishonasi - oq hamda xurramlik va abadiyat belgisi - yashil ranglardan iborat.

Tojik rasmiylari shuningdek Tojikiston bayrog‘idagi toj va yetti yulduzni milliy huvviyat ramzi deb bilishadi.

Tojikiston prezidentining yangi devoni qarshisida o‘rnatilgan "eng baland bayroq" ustunini qurish ishlari Trident Support shirkati zimmasiga topshirilgan edi.

Hozirgacha dunyoning eng baland bayrog‘i ustuni Ozarbayjon poyxtaxti Bokuda mavjud edi.

Ozarbayjonliklar o‘rnatgan bayroq ustunining balandligi 162 metrni tashkil etadi.

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124