Gurjiston mustaqillik kuni qonli namoyishga aylangan

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Gurjiston o‘z mustaqilligining 20 yilligini nishonlarkan, bir necha kunlik aksilhukumat namoyishlari zo‘ravonlik tusini olgan.

Poytaxt Tbilisidagi parlament binosi oldidagi namoyishchilarga qarshi hukumat kuchlari ko‘zdan yoz sizdiruvchi gaz va suvotar to‘plarni ishga solishgan.

Shundan so‘ng namoyishchilar xavfsizlik kuchlariga qarshi harakat qilishgan.

Yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda bir politsiya xodimi doxil ikki inson qurbon bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, bu ikki qurbonni namoyishchilar o‘tirgan avtomashina bosib ketgan.

O‘nlab odamlar jarohat olishgan. Ammo hibsga olinganlar borasida ziddiyatli xabar kelmoqda.

Muxolifat telekanallariga ko‘ra, hukumat kuch bilan namoyishchilarni tarqatishga intilgan.

Namoyishchilar Prezident Mixail Saakashvili iste‘fosini talab qilishmoqda. Ularga ko‘ra, Gurjiston prezidenti yakkahokim boshqaruv usuliga o‘tmoqda va mamlakatdagi qashshoqlikni tugatish yo‘lida bergan va‘dalarini bajarmagan.

Muxolifat oldinroq Mustaqillik Paradini buzishga chaqirgandi.