Сўнгги янгиланиш 13 июн 2011 - 11:42 GMT

Iyun qirg‘inidan bir yil o‘tib, O‘shdagi bugungi hayot

Qirg‘izistonda 2010 yilning iyun oyida janubiy O‘sh va Jalol-Obod shaharlarida kelib chiqqan qonli milliy nizolarning bir yilligi xotirlanmoqda.

To‘qnashuvlar yuzlab kishilarning umrlariga zomin bo‘lgandi. Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar va o‘zbeklar orasida kuzatilgan bir necha oylik tanglik iyun 10 chisiga kelib tiyiqsiz zo‘ravonliklarga aylanib ketgandi. Yangi qudratga kelgan Roza O‘tinboyeva boshchiligidagi muvaqqat hukumat esa, nizolarning oldini ololmaydi. To‘rt kunlik zo‘ravonliklar davomida minglab kishilar tan jarohati olishdi, butunboshli mahallalar vayron bo‘ldi. Yuz minglab kishilar uy-joylarini tashlab chiqishdi. Milliy nizolardan bir yil o‘tib, bugun jabrdiyda aholi o‘z hayotini tiklashga urinmoqda. Videolavhamiz ana shu haqda.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.