Сўнгги янгиланиш 21 июн 2011 - 13:05 GMT

Rossiyada yuz bergan aviafalokatda 44 kishi nobud bo‘ldi

Moskvadan Petrozavodskka uchgan "RusEyr" aviashirkatining uchog‘i manzilga qo‘nish chog‘ida falokatga uchragan.

Uchoqda 43 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj xodimi bo‘lgan. Ilk xabarlarga binoan, uchoqdagi 44 kishi halok bo‘lgan.

Petrozavodsk kasalxonasiga uchoqda omon qolgan sakkiz kishi keltirilgan. Ular orasida 10 yoshli bola ham bor.

Falokat sababi deya qo‘nish yo‘lagidagi chiroqlar o‘chib qolgani xabar qilinmoqda.

Ilk ma‘lumotga binoan, nobud bo‘lganlar orasida taniqli rossiyalik futbol hakami Vladimir Pettay ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yomon ob-havo va o‘chib qolgan yo‘lak
Tu-134A-3 uchog‘i 20 minutlik kechikish bilan soat 22:30da Moskvadan parvoz qilgan. U yarim tunga oz qolganda Kareliya poytaxtiga kelib qo‘nishi kerak edi. Avariya 23:40lar atrofida yuz bergan.

Moskvaning "Domodedovo" aeroportidan bildirishlaricha, uchoq Petrozavodsk aeroportiga qo‘nayotganida havo tuman bo‘lgan.

Tu-134 aeroportdan bir chaqirimcha uzoqlikda Petrozavodsk-Suoyarvi avtoyo‘lagiga katta qiyinchilik bilan qo‘nishga uringan.

Rossiya matbuot vositalari Davlatlararo Aviatsiya Qo‘mitasining raisi o‘rinbosari Aleksey Morozovning Tu-134 qo‘nayotganda "erda uchoqning qo‘nishini ta‘minlaydigan jihozlar o‘chib qolgan" degan so‘zlarini iqtibos keltirgan.

Petrozavodsk aeroportida elektr ta‘minotidagi uzilishlar haqidagi farazlarni sharxlashmayapti.

"RusEyr" shirkati falokatga uchragan Tu-134 uchog‘i butkul tekshiruvdan o‘tgan bo‘lganini bildirgan.

"Bu falokat sabablarini o‘rganadigan komissiya oldida turgan asosiy vazifa - nima uchun Tu-134 qo‘nish yo‘lagiga emas avtomagistral yo‘lga qo‘nishga harakat qilgan", deb aytgan "RusEyr" vakili Interfaks xabar agentligiga.

"Nima uchundir uchoq ekipaji aerodrom yonidagi magistral yo‘l bo‘yida bo‘lgan chiroqlardan qo‘nish uchun oriyentir sifatida foydalangan", deya qo‘shimcha qilgan u.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.