BBC mehmoni - Shayh Abdulaziz Mansur

Image caption Shayh Abdulaziz Mansur tarjimasi Qur‘oni Karim ma‘nolarining o‘zbek tilidagi asosiy nusxasi hisoblanadi

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi raisining o‘rinbosari, taniqli ulamo Shayh Abdulaziz Mansur javob beradi.

Shayh Abdulaziz Mansur 1944 yilda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidagi Mindon qishlog‘ida Eshon Huvaydoyi Chimyoniy - shoir Huvaydo sulolasiga mansub dehqon oilasida tavallud topgan.

O‘rta maktabni bitirgach, sovet armiyasida xizmat qiladi.

Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom Instituti hamda Sudan Demokratik respublikasidagi "Ummu Durmon" Islom Universitetlarida tahsil olgan.

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

1998 yildan 2000 yilgacha O‘zbekiston Prezidentining Din ishlari bo‘yicha maslahatchisi, 2000-2006 yillarda esa Toshkent Islom Universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

2006 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi raisining o‘rinbosari.

2001 yilda uning tarjimasida birinchi marta nashr etilgan Qur‘oni Karim hozirda Qur‘on ma‘nolarining o‘zbek tilidagi asosiy nusxasi hisoblanadi.

Bundan tashqari olim "Ming bir hadis", "Aqoidi Tahoviya", "Fiqhi akbar", "Aqoidi Nasafiya" hamda "Unvonul-bayon" kabi manba‘larni arabcha aslidan o‘zbek tiliga o‘girgan.

Shayh Abdulaziz Mansur badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi.

Uning she‘r va muhammaslari respublika matbuotida e‘lon etilgan.

BBC mehmoniga savollaringizni sahifamiz pastidagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Suhbatni shanba kungi Daraklar dasturida tinglay olasiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk.

SMS telefonimiz: +44 (0) 207 5571709