Qozog‘iston prezident saylovi ham “o‘zbekcha” bo‘ladi

Image caption Қозоғистон ва Ўзбекистон раҳбарлари

Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev ham o‘z yurtini jannatga qiyoslagan.

Faqat bu yurtning dengizga chiqish imkoniyatlari chegaralanganligi iqtisodning bundan ham rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan ekan.

26 Aprel kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan saylov oldidan, prezident Nursulton Nazarboyev mamlakatning keljakdagi siyosati haqida chiqishlar qilgan.

Rossiya va Belorusiya qatorida, Ovrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi a‘zosi bo‘lgan Qozog‘iston rahbari o‘z xalqini mamlakatda yig‘ilgan mashinalarni sotib olishga chaqirgan.

Bundan tashqari, Nazarboyev davlat ishxonalarida qarindosh-urug‘larning o‘z lavozimiga loyiq mutaxassis bo‘lgan holda ishlashiga qarshi emasligini bildirib o‘tgan. Bu haqda Interfaks-Qozog‘iston, prezident qatnashgan 10 Aprel kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar forumidan xabar qilgan.

Bunga aksi o‘laroq, o‘z qarindosh-urug‘larini korxonalarda qo‘llab-quvvatlashga tirishgan davlat mulozimlariga qarshi kurashish - Nazarboyevning saylovoldi dasturida ekanligini qozoq vebsayti Nur.kz xabarini bergan.

"Tanish-bilishchilik"

Yuqoridagi prezident chiqishlariga Qozoq internet foydalanuvchilari vebsaytlarda turli xil izohlar qoldirishgan. Davlat ishchilari orasida tanish-bilishchilikka qarshi kurashishga so‘z bergan Nazarboyevga javoban, Nur.kz foydalanuvchisi "Salitex" shunday degan: "U bu ishni avval o‘zining qarindoshlaridan boshlashi kerak, huddi Singapurning sobiq prezidenti kabi. Aks xolda, bu hammasi shunchaki quruq so‘zlar".

Anonim qolishni istagan faol agarda qozoq prezidenti bunga erishsa, mamlakatda korruptsiya darajasi tushishini va savodsiz hakamlarning yo‘q bo‘lishini aytgan. "Qobiliyatli insonlar tanishi va puli yo‘qligi sababli imtihon topshirib hakam bo‘la olmayaptilar. Umid qilamanki, yurtboshi bu ishni oxiriga yetkazadi va hakamlar orasidagi korruptsiyaga chek qo‘yadi", degan ushbu faol.

Boshliqlar bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan juda ko‘p pensionerlar Aqmola oblastida xali ham ishlayotganini aytgan boshqa bir anonim faol shunday degan: "Ular pensiya va oyliklar, hamda mukofot pullarini ham olishmoqda, yoshlar esa katta shaharlarga ish izlab ketishmoqda, chunki viloyatda davlat ishxonalaridan boshqa joyda tayinlik ish deyarli yo‘q".

Boshqa Nur.kz faollari bu ishni qilishga endi kechligini aytishgan. "Endi kech, butunlay korruptsiyachilardan tashkil topgan guruhni o‘stirishdi, korruptsiya bilan sug‘orilgan bir avlod 25 yoshga to‘ldi," deb aytgan "archin" nomlik faol.

Yana bir anonim foydalanuvchi quyidagi izohni qo‘shimcha qilgan: "bu korruptsiyachilar o‘z o‘g‘illari va jiyanlari uchun bu korpusni o‘ylab topishdi". Boshqa bir anonim foydalanuvchi "agar korruptsiyaga otish hukmi joriy qilinsa, bu mamlakatda hech kim qolmaydi" deb aytgan. "Hammasi o‘z holida qoladi. Qiy-chuv ko‘taramiz, shu bilan bu ish to‘xtaydi. Bizda doim shunday bo‘lgan va bu safar ham shunday bo‘ladi," degan boshqa bir anonim faol.

"Jannatiy o‘lka"

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty
Image caption "Агар президент бўлсам..."

Qozog‘iston prezidentining mamlakatni tabiiy jihatdan jannatga tenglashtirganini o‘zicha tushungan Tengrinews.kz yangiliklar vebsayti foydalanuvchilari mamlakatdagi sharoitdan nolishga ham ulgurishgan.

Areke nomlik faol "ha, biz deyarlik jannatda yashayapmiz. Qachon korruptsiyaga barham bersak, shundagina aniq jannatda yashaymiz", degan. Reke nomli faol esa yurtboshiga qarata shunday degan: "davlat organlari va korxonalaridagi korruptsiya va qabilaparastlik haqida nima deysiz?"

“Zarya” ismli faol shunday qo‘shimcha qilgan: "Bizda korruptsiya va poraxo‘rlik bor ekan, jannatga erishmaymiz".

Natalьya nomli faol istehzo bilan jamiyatda "yaxshi hayotga" nima xalaqit qilayotganini endi tushunib yetganini aytgan. "Haqiqatni gapirsam, men korruptsiya, poraxo‘rlik, o‘z qarindoshlarini ishga olayotganlar va davlatni ochiq-oydin o‘marayotganlarni, hamda vijdonsiz, e‘tiborsiz kishilarni, o‘z mas‘uliyatini shahriga va yurtiga sevgisiz bajarayotgan insonlarni rivojlanishga to‘siq bo‘layapti, deb o‘ylardim. Ex, bunday emas ekan, xotirjam tortdim. Bizga shunchaki iqlim va dengizgacha bo‘lgan uzoq masofa xalaqit berayotgan ekan," deb yozadi.

"Milliy xarid"

Dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun Ovrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida “pishib” borishga chaqirgan Nazarboyev, hamyurtlarini o‘z vatanlari rivoji uchun chet el mashinalari o‘rniga mamlakatda jamlangan mashinalarni sotib olishni maslahat bergan. Avvalroq, Rossiyadagi iqtisodiy bo‘hron rublning dollarga nisbatan qadrsizlanishiga olib kelgandi va buni evaziga narxlarning tushishi kuzatilgan. Qozog‘iston fuqarolari fursatdan foydalanib Rossiyadan juda ko‘p mashina tashib kelishgandi.

Tengrinews.kz vebsayti foydalanuvchilari Qozog‘istondagi iqtisodiy sharoitdan nolishda davom etganlar.

"Xalq hech kimni qo‘llamaydi, ayniqsa krizis vaqtida, xalq o‘zi va o‘z oilasi haqida o‘ylaydi. Men qandaydir og‘alarni qo‘llash uchun sarf-xarajat qilmayman," degan “Professor” nomli faol.

Mamlakatda jamlangan mashinlarni sotib olishga chaqiriqqa nisbatan quyidagi izohlar qoldirilgan: “Ser” – "Biz albatta milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlagimiz keladi, lekin bizda faqat xorijiy maxsulotni sotib olishga yetadigan pul bor".

"W38" – "Narhlarni oshirib, biz haqimizda o‘ylamayotgan milliy ishlab chiqaruvchini qo‘llashni biz nimaga o‘ylashimiz kerak? Go‘yo biz o‘zimizning ishlab chiqaruvchidan mashina sotib olsak iqtisodimizni qo‘llab-quvvatlangandek… Bu faqat ishlab chiqaruvchining cho‘ntagiga kiradi!"

"Erbulat" – "Mashina va oziq-ovqat maxsulotlariga narhlarni tushiringlar, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi".

"Zzzzzz" – "Nima uchun biz ishlab chiqaruvchini xayoti haqida o‘ylashimiz kerak? Avval, u o‘z mahsuloti sifatini ko‘tarib, narxini tushirsin, chunki bunday narxlar bunday sifatga mos emas. Shuning uchun xalq Rossiyaga oshiqmoqda".

Albatta, Tengrinews.kz vebsayti foydalanuvchilari orasida Narboyevni qo‘llab-quvvatlaganlar talayginaligini ta‘kidlash lozim.

Jumladan, "Nurmuxamed" shunday degan: "Nazarboyev haq. Biz o‘zimizning ishlab chiqaruvchilarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, hamda xalqimizning farovonligi haqida o‘ylashimiz kerak".

Saylov emas, "ishonch" referendumi

Qozog‘istonda navbatdan tashqari bo‘lib o‘tadigan saylovlarga sanoqlik kunlar qoldi. Asosan uch nomzod – iqtidordagi siyosiy partiya "Nur Otan" yetakchisi Nursulton Nazarboyev, kommunistlardan Turg‘un Sizdiqov va Kasaba Uyushmalari Federatsiya raisi Abilg‘azi Kusainov o‘lkaning prezidentligi uchun kurash olib bormoqdalar.

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi Sailau2015 xashtagi ostida berilayotgan xabarlarga qaraganda, nomzodlar ayni paytda joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Mamlakatning saylov komissiyasi 3 Aprel kuniga qadar tashviqotlar haqida hech qanday shikoyat olmaganligini aytgan. Hozirga qadar 500 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilarni ro‘yxatga olinganligi haqida xabar tarqatgan.

Rossiyalik siyosiy mutaxassis Andrey Grozinga ko‘ra, ushbu saylovlarda Nazarboyev 95-97 foiz ovoz to‘plashi taxmin qilinmoqda.

Bu saylov Grozin fikricha, Nazarboyevga bo‘lgan "ishonch" referendumidir.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ