Qirg'iziston jurnalistlariga hujumlar ko'paymoqdami?

19 fevral kuni bishkeklik jurnalist, o'zining tanqidiy maqolalari bilan tanilgan Turat Akimovga uyushtirilgan hujum davlat rahbarlari va jamoatchilik e'tiborida qolmoqda.

“Men kechqurun moshinamni garajga qo'yayotgan edim. Orqadan, armatura bilan avval boshimga, keyin esa quloq tarafimga ura boshladi. Men ortga o'girilib, hujumchining qo'lidagi armaturani tortib olishga muvofaq bo'ldim. U esa qochib ketdi” – deydi Turat Akimov.

Muxolifatchi jurnalist hujum o'zining kasbiy faoliyati bilan bog'liq ekaniga ishonadi.

“Meni o'ldirmoqchi bo'lgan hujumchi maqsadiga eta olmadi. Buning ortida kimlar turganini bilaman. Bu Ichki Ishlar vaziri Melis Turg'onboevdir. 99 foiz taxmin va gumonim shu odam. Sababi, so'nggi kunlarda kimlar bilan, nima haqida gaplashganimni tahlil qilib ko'rsam, shu inson ekani aniq bo'layapti. Agar vazir menga hujum qilgan odamni topsa, keyin men unga ishonaman. Agar topmasa, unda men uning ish xonasidagi suhbatimiz matnini internetda yoyinlayman. Ana undan keyin katta shov–shuv va mojaro bo'ladi” – deya o'z taxminlarini aytgan Turat Akimov.

Bunga javoban, Ichki Ishlar vaziri Melis Turg'onboev, jurnalist tarafidan o'ziga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni qat'iyan rad etgan, jurnalistga hujum qilgan odamni topishdan, eng avvalo o'zi vazir sifatida manfaatdor ekanini aytgan.

“Bilasizlar, men barcha jurnalistlar bilan to'g'ridan–to'g'ri muloqot qilaman. Turat Akimov ham qabulimga yozilgan ekan, oldimga kirdi. U bilan sirli bir narsa haqida ham gaplashganimiz yo'q. Jinoiy ishni sodir etilgan voqeaga qarab, tergovchi o'zi qay bir modda bilan qo'zg'ashni hal qiladi. Biz unga u yoki bu modda bilan jinoiy ish qo'zg'a, deb ayta olmaymiz” – deb aytgan Ichki ishlar vaziri Turg'onboev.

Shuningdek, jurnalist Turat Akimov Prezident Almazbek Atambaevga ham murojat qilgan.

U Ichki Ishlar vazirligi tarafidan “Bezorilik” moddasi bilan ochilgan jinoiy ish natijasida aybdor topilishiga ishonmasligini, jinoyat ishini Davlat Milliy Xavfsizlik qo'mitasiga topshirishni iltimos qildi.

Muxolifatchi jurnalist hamda Ichki Ishlar vaziri orasidagi sir mavhumligicha qolmoqda.

Turat Akimovga qilingan hujum yuzasidan qo'g'atilgan jinoyat ishini Prezident Almazbek Atambaev o'z nazoratiga olib, unga moddiy yordam ham ko'rsatgan va jurnalistning xavfsizligini ta'minlashga buyruq bergan.

Joriy oy boshida Bishkekda nashr etiluvchi mustaqil “Iskra” gazetasining bosh muharriri Adilet Aytikeevning shaxsiy hayotiga oid, +18 belgi bilan video internetda yoyinlangan.

Jurnalist va qator tahlilchilar fikricha, davlatning ayrim amaldorlari o'zlarining bu kabi noqonuniy ishlari bilan, o'zlariga muxolif sezgan, mustaqil jurnalist va faollarni shantaj qilib, ularni ommaga yomonotliq qilib ko'rsatishni istaydilar.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Бу мавзуда батафсилроқ