"Politsiya rahbari va oilasini o'ldirganlar Markaziy osiyoliklar"

Фото муаллифлик ҳуқуқи RIA Novosti

Rossiya Tergov qo'mitasi xabar qilishicha, Samara viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shtabi boshlig'i Andrey Gosht va oilasining besh a'zosini o'ldirishda gumon qilingan uch kishi qo'lga olingan. Ularning Markaziy Osiyo respublikalaridan biri fuqarolari ekani xabar qilinmoqda.

Tvitterda Rossiya Tergov qo'mitasi xabarida aytilishicha, gumondorlar Samara viloyati hududida qo'lga olinganlaryu

"Puxta rejalangan tadbirlar natijasida 2016 yilning 30 aprelidan 1 mayga o'tar kechasi Samara viloyati hududida qator gumon qilingan shaxslar hibsga olingan. Tez orada ularga ayblov ilgari suriladi", deya xabar tarqatgan Tergov qo'mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Samara viloyati bo'yicha boshqarmasi shtabi boshlig'i Andrey Gosht va oilasining besh a'zosi 24 aprel kuni Sizran tumanidagi Ivashovka qishlog'idagi uyida o'lik holda topilgan edilar.

Tergovning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, insonlarning hammasini armatura yoki to'qmoqqa o'xshagan buyum bilan boshlariga urib o'ldirganlar.

Insonlarni uxlab yotgan joylarida o'ldirishgani, qotillar hatto bolalarga ham shafqat qilmaganlari aytilmoqda.

Faqat Andrey Goshtning jiyani bo'lgan 7 yoshli qizcha tirik qolgan.

U shifoxonaga yotqizilgan, hozir koma holatida qolmoqda.

Tergovchilarga ko'ra, qo'lga olingan shaxslar yonidan politsiya boshlig'ining uyidan o'g'irlangan bumyular topilgan.

Jinoyatchilar talonchilik maqsadida qotillik sodir etganlar deb ko'rilmoqda.

Tergovchilarning fikricha, ushbu jinoyatning barcha ishtirokchilari hali qo'lga olingani yo'q.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring