Afg‘onistondagi benzovoz halokatida 52 qurbon

Фото муаллифлик ҳуқуқи

Afg‘onistonning yirik shoh yo‘lida ikkita avtobusning benzovoz bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, yana 73 odam turli jarohatlar bilan G‘azni viloyatidagi shifoxonaga yotqizilgan

Hodisada uchala avtomobil ham yonib ketgan.

Halokat poytaxt Kobulni Kandahor bilan bog‘lovchi shoh yo‘lda sodir bo‘lgan.

G‘azni viloyat Yo‘l nazorati boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Ahmadiyning aytishicha, yo‘l hodisasi haydovchining e‘tiborsizligi tufayli yuz bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi vakillari o‘t o‘chiruvchilarga yordamga kelishgan va odamlarni qutqarib olganlar.

G‘azni viloyat hokimining so‘zchisi Jovid Salangining Bi-bi-siga aytishicha, avtobuslarda ja‘mi 125 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6.30 da sodir bo‘lgan.

Yo‘llar abgor va yo‘l qoidalariga ko‘pincha amal qilinmaydigan Afg‘onistonda bu kabi hodisalar bot-bot uchraydi.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring