"Roku rep shaytoniymi?"

O‘zbekiston televizioni rok va rep yo‘nalishidagi musiqani maxsus dastur bilan “savalagan”.

O‘zbekiston matbuot nashrlari, ayniqsa radio televizioni xos ruhda o‘ta bir tomonlama va sho‘rochasiga ura –urchilik ohangida tayyorlangan ko‘rsatuvda, rok va rep musiqasini o‘tgan asrning elliginchi yillarida paydo bo‘lgani da‘vo etiladi.

Qizig‘i, bu ikkala janr – ham rok va ham rep ildizlari “ afrikaliklarning ov qilish rusumlariga borib taqalishi va Ovro‘polik yoshlarning miyasini zaharlash, ular orasida ahloqsizlikni targ‘ib etish uchun yaratilgani “ aytiladi.

O‘zbek jurnalistlari da‘vo qilayotgan, ular ta‘biricha bu yovuz va yo shaytoniy amallar o‘z mevalarini bermay qolmagan.

Xullas, bu ko‘rsatuvni ko‘rgan soddadilroq inson, “ana qarang, bu rok bilan rep degan musiqa avval afrikada paydo bo‘libdi, uni nimagadir keyin Ovro‘poga olib kelib, G‘arblik yoshlarni kallasini aynitibdi, endi mana bizda ham tarqab, bizning ham yoshlarni buzmoqchi ekan...” degan fikrga kelishi mumkin.

Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda rok uslubida qo‘shiqlari bilan xalq orasida tanilgan va o‘sha davr kommunistlar taqiqlagan Davron G‘oyibovning aytishicha, har bir musiqa janrining o‘z muxlislari bo‘ladi.

“Har bir janr turfa toifadagi odamlar tomonida su‘iste‘mol qilinishi mumkin. Ammo “rokning o‘zida bir yomonlik yo‘q”, deydi Davron G‘oyibov.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди