Mirziyoyev Amerikadan necha milliard dollarlik shartnoma bilan qaytadi?

Mirziyoyev Фото муаллифлик ҳуқуқи MFA.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-20 sentyabr kunlari AQShga safar qiladi. Prezident BMT sessiyada qatnashadi va shuningdek, Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumida ishtirok etadi.

Prezidentning rasmiy sayti xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq soʻzlaydi. Mirziyoyev Prezident boʻlganidan soʻng ilk marobata BMT Bosh assembleyasida ishtirok etib, unda nutq soʻzlaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazadi.

Prezident kun tartiban anglash mumkinki, Mirziyoyev Amerikada koʻproq sarmoya va ikki davlat oʻrtasida shartnomalar imzolashga asosiy eʼtiborini qaratadi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, Mirziyoyev shuningdek, keng doiradagi Oʻzbekiston - Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari boʻyicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda koʻplab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Hujjatlarning umumiy miqdori borasida hech qanday rasmiy xabarlar chiqqani yoʻq.

Oʻzbekistonning tashqi savdoda asosiy hamkorlaridan boʻlgan Rossiya bilan shu yilning aprel oyida 15 milliard dollarga yaqin shartnoma imzolangan.

Shavkat Mirziyoyevning may ofida Xitoyga tashrifi doirasida 23 milliard dollarlik shartnomalar imzolangan edi.

Kuzatuvchilar AQShda imzolanadigan shartnomalar koʻlami Mirziyovning tashqi siyosatni qaysi yoʻlni tanlaganiga oydinlik kiritib berishini taxmin qilishmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Бу мавзуда батафсилроқ