Facebook foydalanuvchilari sayt yopiqligi xabarini sharhlashmoqda

Toshkentdagi Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining ma‘lum qilishlaricha, 21 oktyabr kuni muloqot saytiga kirish imkonsiz bo‘lgan.

Foydalanuvchilar Toshkent shahridagi ayrim internet provayderlarning mijozlari Facebook internet sahifasini ochishda muammolarga duch kelganini aytadilar.

Ijtimoiy tarmoqqa kirishga harakat qilingan paytda kompyuter ekranida "Tarmoqda xatolik bor" degan yozuv paydo bo‘lgan.

Biroq ushbu muammoga duch kelgan Toshkentdagi "Sharq Strim" internet-provayderi mijozining 22 oktyabr kuni aytishicha, Facebookka kirish va sharh yozishda hech qanday muammo yo‘q.

Bu texnik nosozlik bilan bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deydi toshkentlik Facebook foydalanuvchisi.

BBCUZBEK.COM veb-saytining Facebookdagi do‘stlari ijtimoiy tarmoqning yopilgani haqidagi xabarni quyidagicha izohladilar:

Hikmatillo Ismatilloevich. GMT вақти бўйича соат 18.00: Нимага?

Sharif Sharipov: Umuman yolg'on gap! Mana hozir kirib yozib turubman-u. Sal uyat ham kerakda munday uxshatibroq yomonlanglarda... Chumolini kurib, fil haqida yozasizlar-e.

Hikmatillo Ismatilloevich: Ha dustim nimaga bunoka gaplani yozabtila, tushunmadim.

Sharif Sharipov: Hozir o'zingiz qayoqdan Facebookga kiryapsiz? Masalan man O'zbekistondaman, bemalol kiryapmanu.

Hikmatillo Ismatilloevich. GMT вақти бўйича соат 19.00: ...O'zbekistondagi do'stlarim ham netda yo'q. O'zbekistondan faqat siz borsiz. Nima netni yo öchirdilami, man ham tushunmadim.

Sharif Sharipov: Yo'q, hammasi joyida. Mana man Toshkentdaman. Kiryapmanku! Bilmayman, shunaqa vahimalarni nima keragi bor ekan?

Saidolimxon: Masalan man kira olmadim kun bo'yi soat 19 dan 20 gacha. Alayskiydagi net kafedan ham kiromadim, oshibka berdi.

Saida. GMT вақти бўйича соат 20.00: Man esa kuniga 10 martagacha eski-tuski 3110 Nokia telefonimdan Facebookga kiraman, statuslarga, zametkalarga kommentariylar yozaman. Bu gaplar esa: 1) yo' momomni zamonidan qolib ketgan habar 2) yo' chala sifatsiz qora piar maxsuli!

Hikmatillo Ismatilloevich. Ha bulmasa hamasi joyida ekanda. Nima kerak yolg'on gaplar?

Nigora. GMT вақти бўйича соат 01.00. 22 октябр: Saidolimxonga: kuni bo'yimi, yoki 19 dan 20gacha, ya'ni 1 soatmi? "Farghona" sal oshirib yuborishni yaxshi ko'radi. Bir kirganda ochilmagan bo'lsa, urrrreee yangilik deganda, endi, bechora. Ularni ham tushunsa bo'ladi. Informatsion urush deydi-ku, kim birinchi yetqazsa, o'shanga sovg'a. Hokandozda medal yasab, jo'natib yuborish kerak. Shunaqa xolis va tezkor yangiliklardan tez-tez yozib tursinda. Lekin hazil qilmasdan gapirsak, shular boriga ham shukur. Bo'lmasa, ahvolimiz "jannatdan ko'rsatamiz" yohud "Axborot"ga qolib ketarmidi?

Ozo Khon: Facebookni nima uchun taqiqlab quyishadi? Undan kora "Youtube" ga kirish taqiqlangan" desa tushunsa bolardi. Hamma axborot "Youtube"daku.

Aziz. GMT вақти бўйича соат 01.00. 22 октябр: Toshkentdaman. Komputer orqali kira olmayatganimga 2 kun bo'ladi. Hozir ham telefondan yozvomman.

Sharif Sharipov: Man kecha kompyuterda 1 soat Facebookda utirdimu? Qaysi netdan kirdingiz o'zi?

Aziz: Hozir ham bir ishlab bir ishlamayapti. Uyda.

Bu Sensan:GMT вақти бўйича соат 13.00. 22 октябр: O'zbekistonga qarshi yozilgan barcha narsa yolg'on, bularni maqsadi O'zbekistonni dunyoga yomon ko'rsatish. O'zbekiston yomon bo'lsa boshqalar uchun O'zbeklar ham yomon bo'ladi. O'shani uchun ishonmanglar bularga!!!