BBC mehmoni - kinorejissyor va yozuvchi Abdulaziz Mahmudovga savol bering

Shu kunlarda kinorejissyor va yozuvchi Abdulaziz Mahmudovning "Johillar" deb nomlangan hujjatli filmi Internetda e‘lon qilindi.

Bu film 1990 yildagi O‘sh xunrezligi hodisalariga bag‘ishlingan.

Abdulaziz Mahmudov 1980 yildan hujjatli filmlar ustidagi ijodiy faoliyatini boshlagan, 1980-1990 yillardagi ko‘pgina tarixiy voqealar kinorejissyorning filmlarida muhrlanib qolgan.

Abdulaziz Mahmudov 1980 yillar oxirida O‘zbekistonda kengaygan norasmiy tashkilotlar faoliyatini izchil tasvirga tushirgan.

Ijodkor O‘zbekistondagi siyosiy muxolif harakatlar tarixiga bag‘ishlangan hujjatli filmlari turkumi ustidan ishlashda hamon davom etmoqda.

Abdulaziz Mahmudov 1950 yilda tug‘ilgan.

U Gorkiy nomidagi Turkman universiteti hamda Moskvadagi stsenaristlar va rejissyorlar Oliy kursida tahsil olgan.

Abdulaziz Mahmudov 60 dan ortiq hujjatli, ilmiy-ommabop va o‘quv filmlarini suratga tushirgan.

Bu filmlari orasida "To‘g‘risini aytganda", "Qaytish", "Zamondoshlar", "Er egasi", "Parkentdagi qon to‘kilishi", "O‘zbek ishi", "Farg‘ona fojeasi", "Johillar" va "Norasmiylar" hujjatli filmlari mashhur.

Kinorejissyorning "Quyosh bilan qayt" filmi 1995 yil Parij kinofestivalida namoyish etilgan.

2000 yil Moskvadagi "Zolotoy Vityaz" xalqaro festivalida "Xonadoningizga tinchlik tilaymiz" filmi qo‘yilgan.

2001 yildagi ekologik kinofestivalda Abdulaziz Mahmudovning "Rahm-shafqat qiling" filmi yuqori baholangan.

BBC mehmoni Abdulaziz Mahmudovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

SMS raqamimiz:

+447786201124

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.