Kinoshunos va jurnalist Oybek Veysal o‘g‘li Kopadzega savol yo‘llang

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Taniqli jurnalist va kinoshunos Oybek Veysal o‘g‘li 1960 yil Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

Avvaliga Toshkent teatr va rassomlik san‘ati (hozirgi O‘zbekiston san‘at) institutining "Drama va kino aktyori" fakulьtetida tahsil olgan.

Keyin esa, Butunittifoq Davlat kinematografiya institutida kinoshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan.

Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze 2002-2012 yillar O‘zbekiston Davlat san‘at va madaniyat institutining "Televideniye va radio rejissyorligi" kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida 1995 yildan katta muharrir, "Sport" telekanalida 2009-2014 yillari Bosh muharrir lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Televideniye va radioda 1000dan ortiq turli janrdagi ko‘rsatuvlar va eshittirishlarga muallliflik qilgan.

"Kino va TV san‘ati", "Turk kinosining rivojlanish yo‘llari" mavzularida ilmiy izlanishlar olib borgan. Qator ilmiy maqolalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.

Shu bilan birga, "Muhabbatim qismatim...", "Zebuzar" kabi ko‘p seriyali badiiy filьmlar, "Buyuk ipak yo‘li", "Yurtimiz go‘zal maskanlari" kabi hujjatli filmlar Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze muallifligi va rejissyorligida olingan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze oilali, 3 farzandning otasi. Suratda o‘g‘li Fuat bilan...

U hozir erkin ijodkor sifatida faoliyat qilishini aytadi.

Stalin rejimi paytida Gruziyadan deportatsiya qilingan mesxeti turklari avlodidan bo‘lgan ijodkor ayni millatning surguniga oid izlanishlar olib borganini aytadi.

"Ushbu mavzuda ko‘plab audio-video, qo‘lyozma materiallar yiqqanman. Hozir ayni mavzuda hujjatli va badiiy film olishga tayyorgarlik ko‘ryapman", deydi Oybek aka.

Ma‘lumki, mesxeti turklari janubiy Gurjistondagi Samtsxe-Djavaxeti hududidan 1944 yilda surgun qilib yuborilgan.

Ular O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi respublikalarga jo‘natilgan.

Joriy oy ayni hodisalar yuz berganiga 70 yil to‘ladi.

Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze sizni qiziqtirgan savollarga javob beradi.

Manzilimiz uzbek@bbc.co.uk. Shuningdek, maktublaringizni Feysbuk, Tvitter, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda ham qoldirishingiz mumkin.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Бу мавзуда батафсилроқ