Ramazon suhbatlari: Allohni sizlash kerakmi yoki senlash to‘g‘riroqmi?

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Muborak Ramazon oyi kirib kelishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda diniy mavzuda suhbatlar va bahsu munozaralar kuchaygan.

So‘nggi tortishuvlardan biri Allohga qanday murojaat qilish lozimligi borasida bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri olamlar Parvardigoriga "Siz" deb murojaat qilinmasligi kerakligi haqida yozgan.

Boshqalar esa, "Sen" emas, "Siz" deyish to‘g‘riroq bo‘lishi haqida gapirishmoqda.

Bi-bi-si bu haqda Qirg‘izistonning sobiq muftiysi Sodiq qori Kamoliddindan so‘radi.

"Alloh taolo avvalo o‘zi bizga bu haqda ta‘lim bergan. O‘sha 1400 yildan ziyoda vaqt oldin Qur‘oni Karimni nozil qilgan vaqtida Alloh taolo o‘ziga qanday murojaat qilishimiz, qanday nizo qilishimiz, qanday yuzlanishimizning ta‘limini berib qo‘ygan... "Siz" desak, sizu biz - maxluqotlar, mavjudotlarni, Alloh tarafidan yaratilgan insonlarning bir-birlariga nisbatan muomilasiga o‘xshab qoladi. "Rabbano innaka... " deganda, "Ey Parvardigoro...", ya‘ni sen deb murojaat qilinyapti", deydi Sodiq qori Kamoliddin.

Suhbatni to‘liq tinglang:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio