Turkiya: Hibsga olishlar davom etmoqda

Image copyright AP
Image caption Turkiyada hibsga olishlar davom etmoqda

Turkiya rasmiylarining aytishlaricha, qariyb 8,000 politsiya zobitining faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. Xabar qilinishicha, ular muvaffaqiyatsiz yakun topgan davlat toʻntarishi urinishiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Adliya va harbiy tizimdan 6,000 ga yaqin shaxs, jumladan, generallar ayni hodisalarga qoʻli borlik ayblovlari bilan hibs qilingan.

Prezident Rajab Toyib Erdoʻgʻon davlat tizimlari qoʻzgʻolonni keltirib chiqargan "virus"lardan tozalanishini aytgan.

Ovroʻpo Ittifoqining tashqi masalalar boʻyicha rahbari Federika Mogerini Turkiyada qonun ustuvorligi himoyalanishi kerakligini aytgan.

Turkiya hukumati fitna ortida sobiq imom Fathulloh Gulen turganini daʼvo qilmoqda.

Hozir AQShda istiqomat qiluvchi Gulen janoblari bu ayblovlarni qatʼiyan rad qilgan.

Dushanba kuni davlat nazoratidagi matbuotning xabar qilishicha, mamlakat boʻylab 100 dan ortiq general va admirallar qoʻlga olingan.

Image copyright AP

Vertolyotda Yunonistonga qochgan 8 nafar turk harbiy zobiti Alexandropouli shahri mahkamasiga keltirilgan. Ularga mamlakatga noqonuniy oʻtganlik ayblovi qoʻyilmoqda.

Prezident Erdoʻgʻon yakshanba kuni olomon qarshisidagi chiqishida Turkiya oʻlim jazosini qayta joriy qilish masalasini koʻrib chiqishi haqida aytgan.

Oliy jazo 20014 yil Turkiyaning Ovroʻpo Ittifoqiga qoʻshilish saʼy-harakatlari manzarasida bekor qilingandi. 1984 yildan beri mamlakatda hech kim qatl qilinmagan.

Federika Mogerini Bryusselda Ovroʻpo Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari va Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi Jon Kerri ishtirokidagi yigʻin oldidan gapirgan. Turkiyadagi hodisalar yigʻin kun tartibidagi asosiy masalasi boʻlishi kutilmoqda.

Mogerini xonimga koʻra, Turkiyaning qonun doirasidan biron qadam tashqari ish tutishi oqlanmaydi. Tashqi ishlar vazirlari bu "qatʼiy" taʼkidlashlari kutiladi.

Turkiyadagi davlat toʻntarishi ortida kim turgan?

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring